17:12 / 24.02.2022
790

Neft narxi 2014 yildan beri birinchi marta 103 dollargacha ko‘tarildi

Neft narxi 2014 yildan beri birinchi marta 103 dollargacha ko‘tarildi
Foto: «TACC»
Brent markali neft narxi 2014 yil sentabr oyidan beri birinchi marta bir barrel uchun 103 dollargacha ko‘tarildi.

Toshkent vaqti bilan 12:27 holatiga ko‘ra, Brent neftining narxi 7,01 foizga oshib, bir barrel uchun 103,63 dollarni tashkil qildi.

Oxirgi marta Brent nefti 2014 yil sentabrida bir barrel uchun 103 dollardan oshgan edi.

Mutaxassislarning fikricha, yaqin kelajakda neft katta ehtimol bilan bir barrel uchun 95—105 dollar turadi. Voqealarning salbiy rivojlanishi bilan 120—140 dollargacha o‘sishi mumkin.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Neft narxi 2014 yildan beri birinchi marta 103 dollargacha ko‘tarildi