Foto: Getty Images
AQSH prezidenti Jo Bayden Rossiya Ukraina hududiga bostirib kirgani va u yerda harbiy operatsiyalarni boshlagani uchun mamlakatga nisbatan yangi sanksiyalar joriy qildi.
Sanksiyalarda quyidagilar ko‘zda tutilgan:
- Rossiya biznesining dollar, yevro, funt va iyenadagi operatsiyalari cheklanadi;
- Rossiyaga yuqori texnologiyalar mahsulotlari importini 50 foizga cheklash;
- Rossiyaning to‘rtta banki, xususan, «VTB»ga qarshi sanksiyalar;
- AQSH va EI bozorlarida Rossiyaning katta davlat kompaniyalari faoliyatini cheklash;
- Rossiyalik amaldorlar, katta biznesmenlar va ularning oila a’zolariga nisbatan taqiqlar.
AQSH prezidenti ushbu sanksiyalarning ancha kuchli ekanligi va Rossiyani SWIFT banklararo o‘tkazmalar tizimidan uzib qo‘yishdan ham yomonroqligini qayd etgan. Avval G‘arb mamlakatlari Moskva Ukrainaga hujum qilishga urinadigan bo‘lsa, uni SWIFT’dan uzib qo‘yish rejasini muhokama qilgandi.
Bayden AQSHning Rossiya bilan urushga kirishmasligi, lekin NATO mamlakatlarini himoya qilish uchun Yevropaga qo‘shimcha harbiy kuchlar joylashtirishini takroran aytib o‘tdi. 25 fevralda alyansga a’zo 27 nafar mamlakat rahbarlari sammitda to‘planadi, deya qo‘shimcha qilgan Bayden.
«Ushbu zo‘ravonlik javobsiz qolmasligi kerak. Ushbu hodisalar asoratlari Amerikaga ham ta’sir qilsa, oqibati bundan-da (gaz narxining oshgani nazarda tutilgan) yomon bo‘ladi», — degan AQSH prezidenti.
Shuningdek, u «Putinning zo‘ravonligi» Rossiyaga ham iqtisodiy, ham strategik tomondan qimmatga tushishini qayd etgan, Putinning o‘zi xalqaro maydonda yakkalanib qolishini taxmin qilgan.
23 fevralda AQSH Rossiya DXR va LXR mustaqilligini tan olgani uchun unga qarshi sanksiyalar joriy qilgan. Rossiya rivojlanish davlat korporatsiyasi va Promsvyazbank, ularning sho‘’ba tuzilmalari (SSKA futbol klubi ham) va rossiyalik yuqori lavozimdagi amaldorlarning uch o‘g‘li sanksiyalar ro‘yxatiga tushgan.
Bundan tashqari LXR va DXR mustaqilligini tan olgan Rossiyaga qarshi Yevropa ittifoqi, Avstraliya, Kanada, Yaponiya kabi davlatlar ham sanksiyalar joriy etgan. DXR hamda LXR mustaqilligini tan olish uchun ovoz bergan Davlat dumasining 351 nafar deputatiga ham Yevropada cheklovlar belgilangan. EI Rossiya mafkurasi targ‘ibotchilari, harbiylar va boshqa amaldorlarga ham sanksiyalar qo‘llagan.
24 fevralda Rossiya Ukrainaga bostirib kirgach, Buyuk Britaniya mamlakatga qarshi yangi sanksiyalar qo‘llagan, xususan «Aeroflot» kompaniyasining qirollik hududiga parvozlarini taqiqlagan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Revanshda g‘alaba qozonish uchun Tayson Fyuriga nima kerak?
Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni energetika vazirini qabul qildi
1 dekabrdan ichimlik va oqova suv uchun to‘lov faqat elektron shaklda amalga oshiriladi
Shols «tez orada» Putin bilan gaplashishga tayyorligini ma’lum qildi