13:13 / 25.02.2022
1 233

Yevropa ittifoqi Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalarni e’lon qildi

Yevropa ittifoqi Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalarni e’lon qildi
Foto: EITB
Yevropa ittifoqi Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar kiritmoqda. Bu haqda Yevropa komissiyasi raisi Ursula fon der Lyayen ma’lum qildi.

Ursula fon der Lyayenning so‘zlariga ko‘ra, quyidagi cheklov choralari ko‘riladi:
  • Rossiya bank bozorining 70 foiziga va asosiy davlat kompaniyalari, shu jumladan mudofaa sohasida faoliyat yurituvchi kompaniyalarga ta’sir qiluvchi moliyaviy sanksiyalar;
  • energetika sohasidagi sanksiyalar, shundan keyin Rossiya neftni qayta ishlash zavodlarini modernizatsiya qila olmaydi;
  • Rossiyaga samolyotlar va aviatsiya uskunalarini sotishni taqiqlash;
  • Rossiyaning texnologiyalar, shu jumladan yarimo‘tkazgichlardan foydalanishini cheklash;
  • viza sanksiyalari - diplomatlar va biznes vakillari endi Yevropa ittifoqi mamlakatlariga kirish imtiyozlaridan foydalana olmaydi.

Avvalroq, Ukraina prezidenti xalqqa yangi murojaat bilan chiqqandi. U Rossiya harbiylari uchun «birinchi raqamli nishon» sifatida belgilanganini ta’kidladi. Biroq, u Kiyevning hukumat kvartalida qolmoqda.

Prezident fuqarolarni yolg‘on ma’lumotlarga ishonmaslik, komendantlik soatiga rioya qilish va ehtiyot bo‘lishga chaqirdi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Yevropa ittifoqi Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalarni e’lon qildi