Rus tilida so‘zlashadigan olimlar xalqaro assosiatsiyasi (RASA) Rossiyaning Ukrainaga qilgan qurolli hujumini qoralovchi bayonotni e’lon qildi.
Bayonot matnida Rossiya qilayotgan ishlar Ukraina xalqi oldidagi eng og‘ir jinoyat ekanligi, ushbu harakatlar Rossiyani ijtimoiy iztirob va izolyatsiyaga duchor qilishi bayon etilgan. Matnni o‘nlab olimlar, xususan, Nobel mukofoti laureati Andrey Geym ham imzolagan. Quyida Facebook’ka joylashtirilgan bayonot matnini e’tiboringizga havola etamiz.
Biz Rossiya ilmiy diasporasi vakillari Rossiya Federatsiyasining Ukrainaga qarshi zo‘ravonlik harakatlaridan nafratlanamiz. Rossiya qo‘shinlarining asossiz ogohlantirmasdan qo‘shni mamlakatga bostirib kirishi, bombardimon qilishi, raketa zarbalarini yo‘llashi va boshqa harbiy harakatlarni amalga oshirishi oqibatida odamlar halok bo‘lmoqda, bu — Ukraina xalqi oldidagi o‘ta mudhish jinoyat.
Yuzaga kelgan urush Rossiya xalqi uchun ham jinoyat, ushbu qurolli to‘qnashuv oqibatida ular dunyodan uzilib, ijtimoiy iztiroblarda yashashga mahkum. So‘nggi kunlarda fojia va og‘riqlar bilan yashayotgan Ukraina xalqi bilan birga ekanimizni bildiramiz. Hamkasblarimiz – ukrainalik olimlarni ham qo‘llab-quvvatlaymiz. Ukraina hududidagi harbiy harakatlarni zudlik bilan to‘xtatishni va mamlakatdan Rossiya qo‘shinlarini olib chiqib ketishni talab qilamiz.
Tatyana Bronich, kimyogar
Yelena Vasserman, biofizik
Pyotr Vorobev, fizik
Andrey Geym, fizik
Vadim Gladishev, biokimyogar
Sergey Guriyev, iqtisodchi
Aleksey Dyatkin, kimyogar
Sergey Yerofeyev, sotsiolog
Igor Yefimov, biofizik
Aleksandr Kabanov, kimyogar
Yevgeniy Kunin, biolog
Maria Kondratova, bioinformatik
Aleks Krasnok, fizik
Mark Lipovetskiy, filolog
Dmitriy Murzin, kimyogar
Mixail Papisov, kimyogar
Aleks Polinskiy, kimyogar
Mariya Polinskaya, lingvist
Aleksey Pshejetskiy, biokimyogar
Roald Sagdeyev, fizik
Tatyana Tatarinova, bioinformatik
Aleksey Efros, informatik
Aleksey Krushelnitskiy, fizik
Aleksey Oskolskiy, biolog
Marina Mogilner, tarixchi
Natalya Berlova, matematik
Sergey Glebov, tarixchi
Aleksandr Ishkin, bioinformatik
Aleksandr Prishepov, geograf
Aleksandr Slita, biolog
Svetlana Shepyotkina, epizootolog
Viktoriya Doronina, mikrobiolog
Tatyana Kondrateva, immunolog
Aleksandr Apt, immunogenetik
Elina Zuyeva, biolog
Yuliya Rashba, kimyogar
Anna Guller, biolog
Yekaterina Viktorova, biolog
Aleksey Volfson, molekular biolog
Yelena Jurova Sater, iqtisodchi
Sergey Pustilnikov, immunolog
Aleksandr Ishov, biolog
Stanislav Cherepanov, biofizik
Aleksandr Biryukov, informatik
Vladimir Polshakov, bioximik
Sergey Viboyshikov, kimyogar
Yuliya Golova, kimyogar
Sergey Turitsin, fizik. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Jaloliddin Masharipov: "Qatar ustidan g‘alaba qozonsak, Jahon chempionati masalasini 90 foizga hal etamiz"
AQSHda Tramp siyosatidan qochmoqchi bo‘lganlarga 4 yillik sayohat taklif qilindi
Chet el valyutalarining o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatlari e’lon qilindi