Foto: «Gazeta.Ru»
«Rosaviatsiya» federal agentligi 36 mamlakat samolyotlari uchun maxsus ruxsatsiz Rossiya osmonida parvoz qilishni taqiqladi.
Agentlik ushbu qaror Yevropa mamlakatlari avvalroq Rossiyaga nisbatan qo‘llagan parvozlar taqiqlanishiga javob chorasi ekanini ma’lum qilgan. Ta’kidlanishicha, ro‘yxatga tushgan mamlakatlarning samolyotlari endi «Rosaviatsiya» yoki Rossiya TIV maxsus ruxsatnomasi bo‘lsagina rus osmonida parvoz qilishi mumkin.
«Rosaviatsiya» parvozni taqiqlagan mamlakat va hududlar: Avstriya, Albaniya, Angliya (Britaniyaning dengizorti hududi), Belgiya, Bolgariya, Britaniya Virgin orollari, Buyuk Britaniya, Vengriya, Germaniya, Gibraltar, Gretsiya, Daniya (Grenlandiya, Farer orollari, Hududiy suvlar), Jersi, Irlandiya, Islandiya, Ispaniya, Italiya, Kanada, Kipr, Latviya, Litva, Luksemburg, Malta, Niderlandiya, Norvegiya, Polsha, Portugaliya, Ruminiya, Slovakiya, Sloveniya, Finlyandiya, Fransiya, Xorvatiya, Chexiya, Shvetsiya va Estoniya.
Eslatib o‘tamiz, Yevropa mamlakatlari o‘z havo kengliklarini Rossiya uchun butunlay yopgandi.
«Biz YEI havo kengliklarini Rossiya samolyotlari uchun butunlay yopdik. Taqiqlov Rossiyaga qarashli, Rossiyada ro‘yxatga olingan va Rossiya tomonidan nazorat qilinuvchi barcha samolyotlar uchun amal qiladi. Bu samolyotlar parvoz qilib YEI havo kengliklariga kirishi yoki kesib o‘tishi hamda uning hududiga qo‘nishi taqiqlanadi», — degandi Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayen Bryusselda o‘tkazilgan matbuot anjumanida.
Rossiya1, Rosaviatsiya1, Rossiya osmoni1, Samolyot1, Yevropa1 Ukraina va Rossiya urushi “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi