
Foto: Shutterstock
Nobel mukofoti laureatlari Rossiya hukumatiga ochiq xat yoʻllab, ularni oʻz qoʻshinlarini Ukrainadan olib chiqib ketishga chaqirdi. Xat Nobel Campaigns saytida e'lon qilingan.
«1939 yilda fashistlar Germaniyasi Polshaga (shunga oʻxshash hiylalar va soxta provokatsiyalar bilan) va 1941 yilda Sovet Ittifoqiga hujum qilgani kabi, prezident Putin boshchiligidagi Rossiya hukumati qoʻshni Ukraina davlatiga qarshi harbiy tajovuzni — bu urushdan boshqa narsa emas — boshladi. Ushbu tajovuzda rus xalqi oʻz rolini oʻynayotganiga ishonmaganimiz sabab soʻzlarni ehtiyot bilan tanladik», — deyiladi maktubda.
Xat mualliflari urushni va «Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Ukraina mavjudligi qonuniyligini inkor etishini qoralashlarini» ma'lum qilgan.
«Ushbu bosqin Rossiyaning keyingi 10 yillikdagi obroʻsiga dogʻ tushirdi. Bu uning iqtisodiy taraqqiyotiga toʻsiq boʻlib, aholisi uchun qiyinchiliklar manbasiga aylanadi. Sanktsiyalarning qoʻllanilishi iqtidorli va mehnatkash ruslarning dunyo boʻylab harakatlanish erkinligini cheklaydi. Rossiya va dunyo oʻrtasiga nega devor qurish kerak?», — deya ta'kidlanadi xatda.
Mazkur murojaat Nobel mukofotining barcha nominatsiyalari boʻyicha jami 160 dan ortiq laureati tomonidan imzolangan.
Nobel laureatlari1 Ochiq xat1 Rossiya hukumati1 Urushni to‘xtatish1 Ukraina1 Rossiya va Ukraina urushi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!