Sobiq rahbar: «Yandeks» Ukrainadagi harbiy harakatlar haqidagi yangiliklarni yashirmoqda

Sobiq rahbar: «Yandeks» Ukrainadagi harbiy harakatlar haqidagi yangiliklarni yashirmoqda
Tonya Samsonova.
Foto: «Hse.ru»

The Question asoschisi va «Yandeks.Kyu» sobiq rahbari Tonya Samsonova «Yandeks»dan iste’foga chiqqanini ma’lum qildi. Bu haqda u «Facebook»da yozdi.
Sobiq rahbar: «Yandeks» Ukrainadagi harbiy harakatlar haqidagi yangiliklarni yashirmoqda
- «Yandeks» o‘zining yandex.ru qidiruv tizimining bosh sahifasida Rossiya qo‘shini Ukraina shaharlarini o‘qqa tutayotgani va tinch aholini o‘ldirayotgani haqidagi xabarlarni aks ettirmayotgani sababli meni o‘z xohishimga ko‘ra bo‘shatishlaringizni so‘rayman. Kompaniyaning bu ishini jinoyat hamda urush va qotilliklarga sheriklik deb hisoblayman», deb yozdi Samsonova o‘z arizasida.

«Yandeks» Samsonovaning ishdan bo‘shashi yuzasidan munosabat bildirishni istamadi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar