Milliarder Alisher Usmonovning «Dilbar» yaxtasi.
Germaniya hukumati Rossiyaning Ukrainaga harbiy harakatlari munosabati bilan Yevropa Ittifoqining sanksiyalar ro‘yxatida bo‘lgan rossiyalik milliarder Alisher Usmonovning yaxtasini musodara qildi. Bu haqda Forbes nashri xabar bermoqda.
Rossiyalik oligarxning yaxtasi Gamburgdagi Blohm + Voss kemasozlik zavodida 2021 yil oktabr oyidan beri ta’mirlashda bo‘lgan. Amerika nashri xabariga ko‘ra, chorshanba kuni kemani ta’mirlash bilan shug‘ullanuvchi mutaxassislar ishga kelmagan. Bunga Germaniya rasmiylarining Usmonovning mol-mulkini hibsga olish qarori sabab bo‘lgani aytiladi.
Usmonovning ushbu yaxtadan tashqari London, Myunxen va Monakodagi villalari ham bor.
156 metrli «Dilbar» yaxtasining narxi 600 million dollarga baholanadi. Ta’kidlashicha, bu dunyodagi eng katta motorli yaxta bo‘lib, uning ekipaji 96 kishidan iborat.
Alisher Usmonov1, Yaxta1, Dilbar1, Musodara qilish1, Rossiyalik milliarder1, Usmonovning mol-mulki1 Rossiya va Ukraina urushi “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi