
Xitoy hukumati bu yil mudofaa xarajatlarini 1,451 trillion yuanga (taxminan $229,07 milliard dollar) oshirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Business Today xabar bermoqda.
XXR byudjet loyihasi hujjatida qayd etilganidek, mudofaa xarajatlari 7,1 foizga oshadi. Mamlakat harbiy islohotlarni jadallashtirish va armiyani qayta jihozlashni rejalashtirmoqda.
«Demobilizatsiya qilingan harbiy xizmatchilarni ijtimoiy ta'minlashga qaratilgan siyosiy yoʻriqnomalar tizimini takomillashtirish, iste'fodagi harbiy xizmatchilarni qoʻllab-quvvatlash, harbiy xizmatchilarga beriladigan nafaqa va subsidiyalar stavkalarini oshirishni davom ettirish zarur», — deyiladi hujjatda.
Shunga qaramasdan, Pekinning harbiy xarajatlarni oshirishi agressivlashib borayogan dunyo bilan bogʻliq. Xususan, Rossiya yaqin sherik boʻlsa-da, potentsial xavf tugʻdirishi mumkinligi aytilgan. Shuningdek dengizda AQSh bilan raqobat kundan kunga oshib bormoqda.
Xitoy hukumati1 Mudofaa xarajatlari1 Oshirishni rejalashtirmoqda1 Armiyani qayta jihozlash1 Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar