
Foto: RIA Novosti
Kievda Rossiya bilan muzokara oʻtkazgan birinchi delegatsiya ishtirokchisi Denis Kireev oʻldirildi, deb xabar berdi Ukraina OAV.
«Strana.ua» manbalari qotillik qay tarzda amalga oshirilganiga aniqlik kiritmagan. UNIAN Kireev Ukraina xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan qoʻlga olish chogʻida oʻldirilganini yozmoqda. OAVning yozishicha, Denis Kireev davlatga xiyonatda gumon qilingan.
Kireev Viktor Yanukovich davridagi bosh vazir oʻrinbosari Andrey Klyuevga yaqin odam hisoblangan, deb yozmoqda «Strana.ua». Denis Kireev bank sohasida ishlagan.
Rossiya va Ukraina delegatsiyalarining birinchi muzokarasi 28 fevral kuni Belarusning Gomel oblastida oʻtkazilgandi. Ukraina delegatsiyasi tarkibidan olti kishi, jumladan, Ukraina mudofaa vaziri Aleksey Reznikov va «Sluga naroda» fraktsiyasi raisi David Araxamiya oʻrin olgandi. Denis Kireevning ismi tilga olinmagan.
Rossiya bilan muzokara1 Birinchi delegatsiya ishtirokchisi1 Denis Kireyev1 Davlatga xiyonat1 O‘ldirildi1 Rossiya va Ukraina urushi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!