date
views 4 057

Rossiyaga qarshi sanktsiyalar kiritish urush e'lon qilish kabi - Putin Ukrainadagi toʻqnashuvlar, NATO va sanktsiyalar haqida

Rossiyaga qarshi sanktsiyalar kiritish urush e'lon qilish kabi - Putin Ukrainadagi toʻqnashuvlar, NATO va sanktsiyalar haqida
Foto: RIA Novosti
Rossiya prezidenti Vladimir Putin mamlakat aviakompaniyalari parvoz tarkibida xizmat qiluvchi ayollar bilan uchrashuv oʻtkazdi.
Uchrashuv vaqtida u Ukrainadagi harbiy harakatlar toʻgʻrisida fikr bildirdi.
  • Men bu haqda operatsiya boshlanganida ham, bu qaror qabul qilinguniga qadar ham aytgandim. Hech shubhasiz, juda ogʻir qaror.
  • Donbassdagi odamlar daydi itlar emas. Oʻtgan yillar davomida 13-14 ming kishi oʻldirildi. 500dan ortiq bolalar oʻldi yoki mayib boʻldi. Ammo shunisiga chidab boʻlmaydiki, rivojlangan Gʻarb shuncha yildan buyon buni sezmaslikni ma'qul koʻrmoqda. Sakkiz yildan beri.
  • Ular Minsk kelishuvlarini bajarmasliklarini televizor orqali aytmoqda. Internetda. Hamma erda. "Yoqmayapti", "bajarmaymiz" deyishyapti ochiqchasiga. Shu bilan birga Rossiyani bu kelishuvlarni bajarmaslikda ayblab kelishdi. Shunchaki alahsirash bu. Ahmoqona teatr. Oqni qora, qorani oq deyishmoqda.
  • Rossiya oʻz xavfsizligiga nisbatan toʻgʻridan toʻgʻri tahdidni e'tiborsiz qoldira olmaydi – bu "oʻylab topilgan safsata" emas.
  • Kievning bugungi rahbari tushunishi kerak – agar shu tarzda davom etishsa, Ukraina davlatchiligi toʻgʻrisidagi masala oʻrtaga chiqadi.
  • Rossiyada ham neonatsistlar bor, lekin ular Ukrainadagi kabi hukumat ichida emas.
  • Rossiya Ukrainada Yaqin Sharqdan kelgan jangarilarni aniqlamoqda – ular jihodmobillardan foydalanmoqda, rossiyalik harbiylar ustiga bostirib bormoqda, ammo muvaffaqiyatsizlikka uchramoqda.
  • Rossiyaga qarshi sanktsiyalar kiritish urush e'lon qilish kabi, ammo Xudoga shukr, hali bungacha etib bormadi.
  • Buyuk Britaniya vaziri NATOga nizoga qoʻshilganini aytdi, shu sababli tiyib turuvchi kuchlarni shay holatga keltirish toʻgʻrisida qaror qabul qilindi. Britaniya tashqi ishlar vazirining NATO Ukrainadagi nizoga qoʻshilgani haqidagi gaplarini hech kim inkor etmadi, Rossiya buni signal deb qabul qildi.
  • Rossiya har qanday mamlakatning Ukrainada parvoz qilish taqiqlangan hudud joriy etishini uning qurolli nizoga qoʻshilishi deb hisoblaydi.
  • Harbiy holat tashqaridan tajovuz boʻlganida prezident farmoniga asosan joriy etiladi, bizda bunday vaziyat yoʻq va boʻlmaydi deb umid qilaman.
  • Maxsus operatsiya doirasida Ukrainaning butun harbiy infratuzilmasi va havo-hujumidan mudofaa tizimlari yoʻq qilindi.
  • Ukrainadagi operatsiya bosh shtab rejalashtirganidek davom etmoqda.
  • Birdan Ukrainaning NATOga qabul qilinishi toʻgʻrisida toʻxtovsiz gapira boshlashdi. Bu nimaga olib kelishi mumkin edi? Agar u NATO a'zosi boʻlsa, shartnomaga muvofiq, alyansning qolgan barcha a'zolari bu mamlakatni harbiy nizo vaqtida qoʻllab-quvvatlashi lozim. Ular Donbassda harbiy operatsiya oʻtkazyapti. Qrimga ham kirishadi. Ana shunda butun NATO bilan jang qilishimizga toʻgʻri keladi. Buning oqibatlari tushunarlimi? Hammaga tushunarli deb oʻylayman.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo