14:02 / 07.03.2022
2 619

OAV: Rossiya Ukrainadagi urushga suriyaliklarni yollamoqda

OAV: Rossiya Ukrainadagi urushga suriyaliklarni yollamoqda
Foto: Sova News
Rossiya hukumati Suriya aholisini Ukrainadagi urushda qatnashish uchun jalb qilmoqda. Bu haqda The Wall Street Journal (WSJ) nashriga ismi oshkor etilmagan to‘rt nafar AQSH rasmiysi ma’lum qildi.

Rossiya hukumati ko‘cha janglarida tajriba orttirgan suriyaliklarni qidirmoqda va bu ularga Kiyevni egallashga yordam berishiga umid qilmoqda. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, bunday amaliyot jangovar harakatlar kuchayganini ko‘rsatishi mumkin, deb ta’kidlaydi WSJ.

Nashrda qancha suriyalik yollangani haqida ma’lumot yo‘q. Ulardan ba’zilari allaqachon Rossiyada va Ukrainaga borishga hozirlik ko‘rmoqda, deydi nashr suhbatdoshlaridan biri.

Bir hafta oldin Suriyaning Deirezzor24 nashri Rossiya Suriyada yollanma askarlarni, shuningdek, ob’ektlarni qo‘riqlash uchun odamlarni yollayotgani haqida xabar bergandi. Qo‘riqlash uchun olti oylik ish va 200-300 dollar maosh va’da qilingan. Deirezzor24 ma’lumotlariga ko‘ra, xususan, «Vagner» jangarilari ishga olinmoqda.

«Vagner» guruhi — OAVlarda Rossiya xususiy harbiy kompaniyasi deb ataluvchi norasmiy qurolli tuzilma. Ma’lumotlarga ko‘ra, 2014 yildan buyon guruh Ukraina va Suriya hududlarida jang qilgan. 2017 yilda «Vagner» guruhi AQSH sanksiyalar ro‘yxatiga kiritilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ukraina Rossiya bilan urushda qatnashish uchun xorijlik ko‘ngillilar yollanayotgani haqida xabar bergan edi. Ukraina tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kulebaga ko‘ra, 52 davlatdan 20 ming kishi Ukrainaga ko‘ngilli ravishda kelgan. Rossiya va Ukraina urushi

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » OAV: Rossiya Ukrainadagi urushga suriyaliklarni yollamoqda