3 538
Olaf Shols nima uchun Rossiya nefti va gaziga nisbatan sanksiya qo‘llab bo‘lmasligini aytdi
Foto: AFP
Germaniya kansleri Olaf Shols Rossiya Ukraina bilan boshlagan urush tufayli mamlakatdan g‘arb davlatlariga eksport qilinadigan neft hamda gazga nisbatan sanksiyalar qo‘llanilishi borasida ehtiyotkorlik bilan fikr yuritdi. Shols taqiqlar Yevropadagi energetika xavfsizligi uchun chinakam tahdid bo‘lishini bildirdi. Bu haqda «Kommersant’» xabar bergan.
«Yevropa Rossiyani energetika yetkazib berish borasidagi sanksiyalardan atayin ozod qildi», — deya Germaniya kanslerining mulohazalaridan iqtibos keltirgan AFP.
«Yevropani issiqlik energiya manbalari bilan ta’minlash, elektr yetkazib berish, ishlab chiqarish hamda sanoatni yurgizadi, buni hech qanday muqobil energiya manbasi bilan ta’minlab bo‘lmaydi. Shuning uchun ushbu yo‘nalish fuqarolarimizning kundalik turmush tarzi va kommunal xizmatlardan foydalanishini ta’minlashda muhim ahamiyatga ega»,— degan Olaf Shols.
Avval Germaniya Federativ Respublikasi «Shimoliy oqim-2» loyihasining sertifikatsiyadan o‘tkazish jarayonini «muzlatgandi». Bu Rossiya Donetsk hamda Lugansk Xalq Respublikalarining mustaqilligini tan olganidan keyin sodir bo‘lgan. Mazkur taqiqlarga qaramay Germaniya Rossiya gazi, ko‘miri, neftini olishda davom etmoqda va energiya manbalarini Rossiyani aylanib o‘tish orqali xarid qilmoqda.
Shuningdek, AQSH Kongressi Rossiyadan neft importini taqiqlash masalasini ko‘rib chiqayotgani, Vashingtonning Peskov, Usmonov, Rotenberglar va ularning oila a’zolariga qarshi sanksiyalar e’lon qilgani, Germaniyada Alisher Usmonovning 156 metrlik «Dilbar» yaxtasi xatlovga olingani, Oq uy Rossiyaning mudofaa bilan bog‘liq 22 ta kompaniyasiga nisbatan sanksiyalar qo‘llagani haqida xabarlar berilgan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiya Kursk viloyatidagi hududlarini qaytarib olishga 50 ming harbiy to‘pladi
Ukraina QK bosh qo‘mondoni: “Frontdagi vaziyat murakkab va keskinlashishi mumkin”
NATO sobiq qo‘mondoni: “Putin Ukrainaning taxminan 20 foizini qo‘lga kiritadi”
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Tomoshabinlar nafratiga uchragan, saratonni yenggan turk aktrisasi — Vahide Perchinning murakkab taqdiri
AQSH Isroilga puli to‘langan buldozerlarni bermadi
Frontdagi vaziyat: Rossiya harbiylari Kursk oblastida qarshi hujumga tayyorlanmoqda
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”