Yana bir milliarderning qimmatbaho yaxtasi hibsga olindi

Yana bir milliarderning qimmatbaho yaxtasi hibsga olindi
«A» yaxtasi – dunyodagi eng katta yelkanli kema hisoblanadi
Italiya moliya gvardiyasi rossiyalik tadbirkor Andrey Melnichenkoning «A» yaxtasini hibsga oldi, deb xabar bermoqda a Repubblica. Uning narxi 530 million yevroga baholangan.

«A» yaxtasi – dunyodagi eng katta yelkanli kema hisoblanadi. Kema mashhur frantsuz dizayneri Filipp Stark tomonidan ishlab chiqilgan. Yaxta 2008 yilda Germaniyaning Kil shahrida foydalanishga topshirilgan.

Melnichenko Rossiyaning Ukrainadagi harbiy amaliyoti natijasida 9 mart kuni Yevropa Ittifoqining sanktsiyalar roʻyxatiga kiritilgan edi.

Forbesning eng boy odamlar reytingida u Rossiyada toʻqqizinchi va dunyoda 165-oʻrinda (11,6 milliard dollar), Bloomberg reytingi boʻyicha esa Rossiyada ikkinchi va dunyoda 66-oʻrinda (21,4 milliard dollar) qayd etilgan.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar