07:28 / 14.03.2022
2 630

Oyog‘i «yerdan uzilgan» «dunyodagi eng baxtli odam»

Oyog‘i «yerdan uzilgan» «dunyodagi eng baxtli odam»
«Crown Princess» sayyohlik kemasi.
Chorak asrdan beri sayyohlik kemalarida yashovchi Mario Salsedo quruqlikka haliveri qaytish niyatida emas. Bu haqda «Clarin» gazetasi yozdi.

Tinmay sayohatda yurganidan, Salsedoni kemalarda juda yaxshi tanishadi, aziz mehmon sifatida ardoqlab «Super Mario» deb nom qo‘yib olishgan.

Bir paytlar «The New York Times» gazetasi, dunyoda nima sodir bo‘lishidan qat’i nazar, sayohatdan qolmagani uchun uni «dunyodagi eng baxtli odam», deya ta’riflagandi.

Foto: «Faktrum»
«Men ta’tilga chiqmayman. Odamlar ta’tilni o‘tkazish uchun bu yerga (sayyohlik kemasiga — tahr.) kelishadi. Men esa bu yerda yashayman», — dedi jahongashta sayyoh.

Salsedoning aytishicha, yerdagi kundalik hayot tashvishlaridan zerikib, qochib, dengizlarga bosh olib ketgan.

1997 yili, moliya sohasida 20 yil ishlaganidan so‘ng Salsedo umri faqat ish bilan bog‘lanib qolganini anglab yetdi. O‘shanda birinchi marta, chalg‘ish uchun, sayohatga otlandi. Sayohat shunchalik yoqdiki, ortiga qaytishni ham ravo ko‘rmadi.

Kemalarda televizor, internet bor, dunyoda nima gap bo‘lsa bilib olaveradi. Yilda ikki hafta (jami) Mayami (Florida shtati)dagi uyida bo‘lishini hisoblamasa, Salsedoning oyog‘i «yerdan uzilgan». Kichikroq biznesini kemada o‘tirib, onlayn boshqaradi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Oyog‘i «yerdan uzilgan» «dunyodagi eng baxtli odam»