Foto: «Qayrat» FK
Qozog‘istonda yirik tadbirkor hamda mamlakat Paralimpiya qo‘mitasini boshqarib kelgan Qayrat Boranbayev hibsga olindi. Bu haqda Qozog‘iston moliyaviy monitoring agentligining matbuot xizmati xabar berdi.
«Kvazidavlat sektori (davlat asos solgan tuzilma — tahr.)da o‘ta yirik miqdorda mablag‘larni o‘zlashtirish fakti bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda», — deyiladi xabarda.
Boranbayev ikki oy muddatga vaqtinchalik saqlash izolatoriga keltirilgan.
Qayrat Boranbayev Qozog‘iston milliy Paralimpiya qo‘mitasini 2015 yildan beri boshqaradi. Uning qizi sobiq prezident Nursulton Nazarbovning nevarasiga turmushga chiqqan.
«Forbes Kazakhstan» Boranbayevni 2021 yilda «Qozog‘istonning eng nufuzli 50 tadbirkori ro‘yxatiga kiritgan. Nashr ma’lumotiga ko‘ra, Qozog‘iston, Belarus va Rossiyaning bir qancha hududlarida McDonald's franchayzi hisoblanadi. «Aleks-Saryagash» mineral suvlar kompaniyasi, «Olmaly Asset Management Company» MCHJ, «Kemikal Kazakhstan Petrochemical Company» MCHJ, «KazTurboJondeu Holding Company» MCHJlarning egasi.
Qolaversa, pulli avtorurargohlar, fitnes tarmoqlari, mehmonxona, yirik savdo tarmoqlari hamda «Qayrat» futbol klubining sohibi sanaladi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH Isroilga puli to‘langan buldozerlarni bermadi
Frontdagi vaziyat: Rossiya harbiylari Kursk oblastida qarshi hujumga tayyorlanmoqda
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Rossiya Kursk viloyatidagi hududlarini qaytarib olishga 50 ming harbiy to‘pladi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Ukraina QK bosh qo‘mondoni: “Frontdagi vaziyat murakkab va keskinlashishi mumkin”
NATO sobiq qo‘mondoni: “Putin Ukrainaning taxminan 20 foizini qo‘lga kiritadi”