Zelenskiy tinchlik muzokaralari uchun maqbul joyni aytdi

Zelenskiy tinchlik muzokaralari uchun maqbul joyni aytdi
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Quddusni Rossiya bilan muzokaralar joyiga aylantirish mumkinligini aytdi. Bu haqda u Isroil parlamentidagi videomurojaatida ma’lum qildi.

Ukraina rahbari Isroil bosh vaziri Naftali Bennet Ukraina va Rossiya Federatsiyasi o‘rtasidagi muzokaralarni tashkil etishda vositachilik qilishga urinayotganiga e’tibor qaratdi.

«Biz bu sa’yi-harakatlardan minnatdormiz, ertami-kechmi Rossiya bilan gaplasha boshlaymiz. Balki Quddus tinchlik yo‘lini topish uchun to‘g‘ri joydir», — dedi siyosatchi.

Zelenskiy shuningdek, Isroilni betaraflik siyosatini o‘zgartirib, Ukrainaga yordam berishga undagan.

Ukraina prezidenti urush boshlangandan beri Rossiya rahbari Vladimir Putinni muzokaralarga chaqirib keladi.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar