
Amerikalik diyetolog-shifokor Syuzan Kelli qonda qand miqdorining oshishini ilk belgilari haqida ma’lumot berdi. Uning tavsiyalari «Eat This, Not That!» (ETNT) nashrida chop etilgan.
Mutaxassisning ta’kidlashicha, qonda qand miqdorining oshishini asosiy belgilari ko‘rishning buzilishi va bosh og‘rig‘i, tez-tez peshob chiqarish, doimiy charchoq va ochlik va to‘satdan vazn yo‘qotish, uyqusizlik va ko‘ngil aynish bo‘lishi mumkin.
«Qand miqdorining kuchli oshishi bilan ko‘zning linzalari shishadi, buning natijasida atrofdagi narsalarni tuman ichida ko‘rinadi. Bosh og‘rig‘i diabet bilan tez-tez uchraydigan organizmning suvsizlanishidan kelib chiqishi mumkin», deb tushuntiradi Kelli.
Tez-tez peshob chiqarish ham yuqori qand darajasining belgisidir. Chunki tana uning ortiqchasini yo‘q qilishga harakat qiladi. Doimiy charchash hissi ham muhim alomat bo‘lishi mumkin, chunki organizm glyukozani qayta ishlashga yordam berish uchun insulinga chidamli bo‘ladi. Ushbu energiya manbasidan mahrum bo‘lgan odamni, hatto yetarlicha uxlagan bo‘lsa ham, charchoq ta’qib qilishi mumkin.
Xuddi shu sababga ko‘ra, Kellining ta’kidlashicha, qand darajasi yuqori bo‘lgan odamlar doimo och qoladilar, ko‘p ovqatlanadilar, lekin vazn ham yo‘qotadilar. Bundan tashqari, bunday odamlar oyoq-qo‘llarida sanchib og‘rishi va uyqusizlik kuzatilishi mumkin. Buning sababi esa ko‘p qand asab tugunlariga zarar yetkazishi bilan bog‘liq. Ko‘ngil aynishi ham qand darajasiga bog‘liq muammoning yana bir belgisi bo‘lishi mumkin.
«Insulinsiz jigar glyukozani qayta ishlay olmaydi va yog‘larni ketonlarga parchalashni boshlaydi, bu qonning kislotaliligini oshiradi va ko‘ngil aynishiga olib kelishi mumkin», deydi mutaxassis.
Shu bois yuqoridagi alomatlar paydo bo‘lganda, Kelli darhol endokrinologga uchrashishni tavsiya qilmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar