19:00 / 27.03.2022
1 523

Tramp Baydenni Amerika orzusini «o‘ldirishda» aybladi

Tramp Baydenni Amerika orzusini «o‘ldirishda» aybladi
Foto: Reuters
AQSHning sobiq prezidenti Donald Tramp Jorjiya shtatida o‘z tarafdorlari oldidagi chiqishida amaldagi prezident Jo Baydenning siyosatini tanqid qildi. Trampning nutqi aks etgan videoni Newsmax media kompaniyasi Twitter’da e’lon qildi.

Sobiq davlat rahbarining so‘zlariga ko‘ra, «Amerika tarixidagi eng yomon besh nafar prezident birlashganda ham Jo Bayden atigi 15 oy ichida yetkazgan zararni keltirmagan bo‘lardi». Tramp amaldagi prezidentni «bir yildan ko‘proq vaqt ichida Amerika orzusini o‘ldirishga, tom ma’noda o‘ldirishga» muvaffaq bo‘lganlikda aybladi.

Jurnalist va yozuvchi Uilyam Safire tomonidan «Siyosiy lug‘at»da ta’riflanganidek, Amerika orzusi — mamlakat asoschilarini ilhomlantirgan erkinlik yoki imkoniyat ideali; xalqning buyuk umidlarining timsolidir.

Shu bilan birga, Tramp tarafdorlarini «umidni yo‘qotmaslikka» chaqirdi hamda «to‘g‘ri rahbariyat bilan Amerika har qachongidan ham katta, kuchli va qudratli bo‘ladi», deb va’da berdi. U 2024 yilgi prezidentlik saylovlarida o‘z nomzodini qo‘yish niyati bor yoki yo‘qligiga aniqlik kiritmadi, biroq respublikachilarni 2022 yilning kuzida bo‘lib o‘tadigan saylovlarda AQSH Kongressining ikkala palatasini nazoratga olishga chaqirdi.

Sobiq prezident Baydenni Ukrainadagi keskinlashuvda yana ayblab, «men bunga yo‘l qo‘ymagan bo‘lardim», dedi. O‘tgan hafta Tramp Bayden Rossiyaning yadro qurolidan qo‘rqishini, shuning uchun Ukraina atrofidagi vaziyatda Rossiyaga hujum qilishdan qochayotganini aytgandi.

Undan avval Tramp Ukrainada harbiy operatsiyalar boshlanganidan hayratda qolganini tan olgandi. U Rossiya qo‘shinlarining Ukraina chegarasiga joylashtirilishini muzokaralar o‘tkazishning «qattiq, biroq aqlli» usuli deb o‘ylagan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tramp Baydenni Amerika orzusini «o‘ldirishda» aybladi