Ukrainada Rossiya bosqini boshlanganiga 33 kun bo‘ldi. G‘arb kompaniyalari Rossiyani tark etishda davom etmoqda — bu safar Carlsberg va Heineken mamlakatdan chiqib ketdi. Mustaqil ommaviy axborot vositalari deyarli qolmadi: «Novaya gazeta» faoliyatini to‘xtatganini e’lon qildi. Milliarder Roman Abramovich va Rossiya-Ukraina o‘rtasida mart oyi boshida Kiyevda o‘tkazilgan tinchlik muzokaralarining ikki ishtirokchisi kimyoviy qurol bilan zaharlangan bo‘lishi mumkin, deb yozmoqda The Wall Street Journal va Bellingcat.
Mariupolda urush boshlanganidan beri, mahalliy hokimiyat ma’lumotlariga ko‘ra, besh mingdan ortiq tinch aholi halok bo‘lgan. Ukraina qo‘shinlari bir necha jabhada qarshi hujumga o‘tdi va qator aholi punktlarini qaytarib oldi. Meduza urushning o‘ttiz uchinchi kunidan olingan asosiy fotosuratlarni jamladi.
Sumi viloyati, Trostyanes shahridagi jiddiy shikastlangan turar joy binosi. Ukraina qo‘shinlari qarshi hujum paytida shaharni Rossiya kuchlaridan qaytarib olishga muvaffaq bo‘ldi. 2022 yil 28 mart
Foto: AP Photo
Trostyanes aholisi jangdan keyin qoldirib ketilgan, o‘t ochilmagan artilleriya snaryadlarini ko‘zdan kechirmoqda. 2022 yil 28 mart
Foto: AP Photo
Ikkinchi jahon urushi yodgorligi fonida ishdan chiqarilgan tank. Trostyanes, 2022 yil 28 mart
Foto: AP Photo
Ukrainalik askarlar qo‘lga olingan rus armiyasi yuk mashinasini haydab ketmoqda. 2022 yil 28 mart
Foto: AFP
Xarkov viloyatidagi Malaya Rogan qishlog‘ining rus qo‘shinlaridan ozod qilinishi. 2022 yil 28 mart
Foto: AFP
Ukraina Qurolli kuchlari askari Kiyev viloyati Lukyanovka qishlog‘i chekkasida rossiyalik askarni dafn qilmoqda. 2022 yil 28 mart
Foto: Reuters
Ukrainalik askarlar va ular yaqinida yotgan rossiyalik harbiylarning jasadlari. Trostyanes, 2022 yil 28 mart
Foto: AP Photo
Mariupol ko‘chalaridan birida yurgan mahalliy aholi. 2022 yil 28 mart
Foto: «TASS»
Xarkovda gumanitar yordam uchun navbat. 2022 yil 28 mart
Foto: Reuters
Xarkovda o‘t o‘chiruvchilar ombordagi yong‘inni o‘chirmoqda. Ombor Rossiya qo‘shinlarining snaryadlari tegishi oqibatida alanga olgan. 2022 yil 28 mart
Foto: EPA Rossiya va Ukraina urushi “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Samarqandda voyaga yetmagan qizni zo‘rlaganlikda gumonlanib 8 kishi ushlandi
Jaloliddin Masharipov: "Qatar ustidan g‘alaba qozonsak, Jahon chempionati masalasini 90 foizga hal etamiz"
AQSHda Tramp siyosatidan qochmoqchi bo‘lganlarga 4 yillik sayohat taklif qilindi