19:45 / 30.03.2022
4 291

Kiyev Rossiya bilan tinchlik sulhi imzolanishi shartini ma’lum qildi

Kiyev Rossiya bilan tinchlik sulhi imzolanishi shartini ma’lum qildi
Foto: Sputnik / Sergey Karpuxin
Rossiya bilan tinchlik kelishuvi Rossiya qo‘shinlari 23 fevral holatiga bo‘lib turgan hududlarga to‘liq qaytarilganidan keyingina imzolanadi.
Bu haqda Ukraina delegatsiyasi rahbari David Araxamiya ma’lum qildi.

«Shartnoma imzolash jarayoniga chiqqanimizda, uni jiddiy muhokama qilish vaqti kelganida ular to‘liq chiqib ketishlari shart. O‘shandagina shartnomani imzolashga o‘tiramiz», - dedi u.

Araxamiya Ukraina sharqini muzokaralardagi eng murakkab masala deb atadi, uning so‘zlariga ko‘ra, bu masala hatto muhokama ham qilinmagan.
29 mart kuni Rossiya va Ukraina delegatsiyalari Turkiyaning Istanbul shahrida muzokaralar o‘tkazdi. Muzokaralar qariyb uch soat davom etdi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Kiyev Rossiya bilan tinchlik sulhi imzolanishi shartini ma’lum qildi