
Janubiy Osetiya yaqin vaqt ichida Rossiyaga qoʻshilish uchun «qonuniy qadamlar» qoʻymoqchi. Bu haqda 30 mart, chorshanba kuni tan olinmagan respublika rahbari Anatoliy Bibilov bayonot berdi.
«Boʻlingan osetin xalqining asosiy tarixiy, strategik maqsadi bir davlat doirasida birlashishdir. Bu davlat - Rossiya Federatsiyasi. Biz yaqin vaqt ichida tegishli huquqiy choralarni koʻramiz», — deyiladi uning murojaatida.
Keyinroq Bibilovning matbuot kotibi aniqlik kiritishicha, Janubiy Osetiyaning Rossiya tarkibiga qoʻshilishi boʻyicha referendum tan olinmagan respublika rahbari saylovidan soʻng, ya'ni 10 aprel kunidan keyin oʻtkazilishi rejalashtirilgan.
Ayni paytda, Abxaziya rahbariyati respublikaning bunday rejalari yoʻqligini ta'kidladi. «Abxaziyaning Rossiya Federatsiyasi tarkibiga qoʻshilishi haqida gap ketmayapti. Abxaziya konstitutsiyasida mamlakatimiz mustaqil davlat deb mutlaqo aniq e'lon qilingan», - deya Abxaziya parlamenti spikeri Valeriy Kvarchiyaning 30 martdagi bayonotidan iqtibos keltirgan «Interfaks» agentligi.
«Rossiya bizning strategik hamkorimiz, yaqin davlat, ammo bizning respublikada Rossiya Federatsiyasi tarkibiga qoʻshilish rejalari yoʻq», deb ta'kidladi siyosatchi.
2008 yil 26 avgustda, Gruziyadagi «besh kunlik urush»dan koʻp oʻtmay, Rossiyaning oʻsha paytdagi prezidenti Dmitriy Medvedev Rossiya Federatsiyasi tomonidan Janubiy Osetiya va Abxaziya mustaqilligini tan olish toʻgʻrisidagi farmonni imzoladi. Oʻshandan beri Janubiy Osetiya rahbariyati Rossiyaga qoʻshilish boʻyicha referendum oʻtkazish rejasini bir necha bor e'lon qilgan edi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar