18:17 / 31.03.2022
1 098

Britaniyaning eng keksa fuqarosi uzoq umr ko‘rish sirlarini aytdi

Britaniyaning eng keksa fuqarosi uzoq umr ko‘rish sirlarini aytdi
Buyuk Britaniyaning eng keksa fuqarosi, 112 yil umr ko‘rgan Bob Ueyton o‘zining uzoq umr ko‘rish sirlarini Sky News ma’lum qilgan edi. Intervyu vaqtida Ueyton 111 yoshda bo‘lgan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, u o‘zining uzoq hayoti davomida qo‘ldan kelguncha o‘limga chap berib kelgan. “Men ham boshqalar kabi shamollash, gripp, bezgak kasalligiga chalinganman. Men ikki marta jarrohlik amaliyotini ham boshdan kechirdim”, - deydi Ueyton.

U qiyinchiliklarga qarshi kurashchi, hayotga tashna bo‘lmaganida, allaqachon bu olamni tark etgan bo‘lishi mumkinligini qo‘shimcha qildi.
Bob Ueyton projivshiy 112 let - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.03.2022

© Wikipedia / itv.com
Bo‘tqa va sevimli ish ham katta yordam beradi”, - deya ta’kidladi Bob.

Sobiq o‘qituvchi va muhandis Ueyton hozirgacha yog‘ochdan mayda-chuyda buyumlar yasaydi va ularning sotib kun ko‘radi. Ueyton o‘zi uchun yeguliklarni o‘zi tayyorlaydi va "Bob, 111 yosh" yozuvla aravacha bilan oziq-ovqat do‘koniga borib keladi.

Bobning ikki o‘g‘li, bir qizi, 10 nafar nabira va 25 nafar evarasi bor. Uzoq umr ko‘rgan otaxon diqqat markazida bo‘lishni yoqtirmasligi tan oldi. U hatto qirolicha Elizaveta II dan uning tug‘ilgan kuni munosabati bilan tabrik xatlarini jo‘natmaslikni so‘ragan.
Bob Ueyton 2020 yil 28 may kuni 112 yoshida vafot etdi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Britaniyaning eng keksa fuqarosi uzoq umr ko‘rish sirlarini aytdi