22:35 / 02.04.2022
1 592

Kiyev viloyatida Rossiya desantchilari ordenlar bilan taqdirlandi

Kiyev viloyatida Rossiya desantchilari ordenlar bilan taqdirlandi
Kiyev viloyatida maxsus harbiy operatsiya davomida mardlik va qahramonlik ko‘rsatgan rossiyalik desantchilar ordenlar bilan taqdirlandi. Bu haqda Rossiya mudofaa vazirligi xabar qildi.

"Kiyev viloyatida rossiyalik desantchilarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Havo-desant bo‘linmasi qo‘mondoni harbiy operatsiyada davomida jangovar topshiriqlarni bajarishda o‘zini ko‘rsatgan harbiy xizmatchilarga davlat mukofotlarini topshirdi”, - deyilgan vazirlik xabarida.

Desantchilar “Jasorat” ordenlari va “Mardlik uchun” medallari bilan taqdirlangan. Harbiylardan biri "IV darajali Georgiy xochi" bilan mukofotlandi.

Desantchilardan biri Nikolayning aytishicha, u o‘z safdoshlari bilan snayperlar tomonidan yaralangan vzvod komandirini, o‘zi ham oyog‘idan yaralangan holatda, xavfsiz joyga olib chiqdi.

Desantchi Dmitriyning so‘zlariga ko‘ra, topshiriqlarni bajarish jarayonida ular tanklar pistirmasiga duch kelishdi.
"Harbiy xizmatchilar qattiq qarshilik ko‘rsatib, raqibning katta kuchini yo‘q qilishdi. Bo‘linmamizning barcha harbiy xizmatchilari jasorat ko‘rsatishdi. Bu mukofotni o‘zimning shaxsiy xizmatlarim emas, qo‘l ostimdagi harbiy xizmatchilarning xizmati deb bilaman", - dedi u.

Rossiya 24 fevral kuni Ukrainada maxsus harbiy operatsiya boshlanganini e’lon qildi. Prezident Vladimir Putin ushbu operatsiyaning maqsadi "sakkiz yil davomida Kiyev rejimi tomonidan tahqirlangan va genotsidga uchragan odamlarni himoya qilish" deb atagan. Buning uchun Ukrainani demilitarizatsiya (harbiy infratuzilmalarini yo‘q qilish) va denatsifikatsiya (millatchilik g‘oyalaridan tozalash) qilish talab etiladi.

Donbassdagi “tinch aholiga qarshi qonli jinoyatlar” uchun javobgar bo‘lgan barcha harbiy jinoyatchilarni javobgarlikka tortish rejalashtirilgan.
Rossiya Mudofaa vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, Qurolli kuchlar faqat harbiy infratuzilma va Ukraina qo‘shinlariga zarba berilmoqda. Tinch aholi turar joylariga, shaharlarga zarba berilmayapti. Rossiya va Ukraina urushi

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Kiyev viloyatida Rossiya desantchilari ordenlar bilan taqdirlandi