
Foto: AP Photo
NATOga a’zo davlatlar Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli Rossiya bilan munosabatlarda keyingi qadamlar bo‘yicha o‘zaro kelisha olmayapti, deb yozadi The New York Times.
Nashr xabariga ko‘ra, Boltiqbo‘yi davlatlari va Polsha Rossiya bilan munosabatlarni to‘liq uzishni talab qilmoqda. Fransiya, Germaniya va Turkiya esa hozirgi vaziyatdan qat’i nazar, Rossiya hukumati bilan aloqalarni davom ettirish zarur deb hisoblaydi.
6 — 7 aprel kunlari Bryusselda NATOga a’zo davlatlar tashqi ishlar vazirlarining yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda. Unda muhokama qilinayotgan mavzulardan biri alyansning Ukrainadagi vaziyat bilan bog‘liq harakatlaridir.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya prezidenti Vladimir Putin 24 fevral kuni Ukrainada «denasifikatsiya va demilitarizatsiya» maqsadida harbiy operatsiya boshlanganini e’lon qildi. Kiyev Moskva bilan diplomatik munosabatlarni uzdi va harbiy holat joriy qildi.
G‘arb Rossiyaning harakatlariga javoban unga qarshi keng ko‘lamli sanksiyalar kiritdi. Shuningdek, qator davlatlar, jumladan AQSH, Daniya, Fransiya, Germaniya, Polsha, Bolgariya, Latviya, Litva va Estoniya Rossiyaning diplomatik vakolatxonalari xodimlarini hududidan chiqarib yuborishini ma’lum qilgan. Yevropa Ittifoqining bir qancha davlatlari — Italiya, Belgiya, Niderlandiya va Irlandiya ham o‘nlab rossiyalik diplomatlarni chiqarib yubordi.
NATO DavlatlariRossiya MunosabatlariBoltiqbo‘yi DavlatlariYevropa IttifoqiHarbiy OperatsiyaDiplomatik Munosabatlar O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing