Rossiya armiyasi Ukrainaning Kiyev va Chernigov viloyatlari hududidan butunlay olib chiqildi, dedi Pentagon matbuot kotibi Jon Kirbi.
Hozirda Rossiya Qurolli Kuchlarining asosiy e’tibori Ukraina sharqiga hujum qilishga qaratilgan bo‘lib, maqsadi Donetsk va Lugansk viloyatlari hududi ustidan to‘liq nazoratni o‘rnatishdir, deya xabar bergan Ukraina Bosh shtabi.
Ukraina harbiylariga ko‘ra, hozir Rossiya armiyasi Slobojansk, Donetsk, Yujnobujsk va Tavrichesk tomon harakatlanmoqda.
Pentagon matbuot kotibining so‘zlariga ko‘ra, Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukrainada «birorta strategik maqsadiga erisha olmagan» va faqat kichik aholi punktlarini o‘z nazoratiga olishga muvaffaq bo‘lgan.
Kremlda qo‘shinlarning Kiyevdan olib chiqilishi tinchlik muzokaralari uchun qulay shart-sharoit yaratishga qaratilgan xayrixohlik harakati deya qayd etildi. Rossiya Federatsiyasi prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskovning so‘zlariga ko‘ra, qo‘shinlarni olib chiqish buyrug‘ini shaxsan Vladimir Putin bergan.
Pentagon vakillari kelajakda rus qo‘shinlari Kiyevga qaytishi mumkinligini istisno qilmayapti. Ular Kiyev va Chernigov viloyatlaridan olib chiqilgan qo‘shinlar sonini 24 ming harbiy xizmatchi deb hisoblagan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Isroil HAMAS va “Hizbulloh” raketalarini lazer quroli bilan urib tushirmoqchi. U qanday ishlaydi?
Qozog‘istonda yana 1 mlrd dollar noqonuniy aktivlar davlatga qaytarildi