20:06 / 07.04.2022
1 415

Rossiyada ishsizlik darajasi ikki baravarga oshishi mumkin

Rossiyada ishsizlik darajasi ikki baravarga oshishi mumkin
Foto: The New York Times
Rossiyada 2022 yil yakunlari bo‘yicha ishsizlik birinchi chorakdagiga nisbatan ikki baravardan ko‘proqqa oshishi mumkin. Bu haqda Bloomberg agentligi tahlilchilar fikriga tayanib xabar berdi.

Ularning taxminiga ko‘ra, mamlakatda ishsizlik darajasi 9 foizdan oshib, o‘n yil davomidagi eng yuqori ko‘rsatkichga yetadi.

«Bu Rossiyada islohotlar boshlangan va zavodlar yopilgan 90-yillar boshlarini eslatadi», — degan oliy iqtisodiyot maktabi professori, iqtisodiyot fanlari doktori Yevgeniy Gontmaxer agentlik bilan suhbatda.

Qayd etilishicha, kompaniyalar ommaviy ishdan bo‘shatishlar o‘rniga maoshlarni qisqartirishi, xodimlarni to‘liqsiz ish kuniga o‘tkazishi yoki haq to‘lanmaydigan ta’tilga chiqarishi mumkin.

Mart oyida yangi vakansiyalar soni fevraldagiga nisbatan 20 foizga kamaygan, eng keskin pasayishlar Moskva va Sankt-Peterburgga to‘g‘ri keladi, deb yozadi Bloomberg.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiyada ishsizlik darajasi ikki baravarga oshishi mumkin