21:36 / 07.04.2022
1 201

Rossiyalik eng mashhur milliarderlar 2021 yildan beri qancha mablag‘ yo‘qotdi?

Rossiyalik eng mashhur milliarderlar 2021 yildan beri qancha mablag‘ yo‘qotdi?
Foto: Forbes
Ukrainadagi urush rossiyalik milliarderlarining boyligiga jiddiy ta’sir qildi. Bunga ularga nisbatan qo‘llanilayotgan sanksiyalar va zaiflashgan rubl sabab bo‘ldi. Forbes jurnali rossiyalik eng mashhur milliarderlarning yo‘qotishlarini tahlil qildi.

2022 yilgi dunyo milliarderlari ro‘yxatidan 83 nafar rossiyalik joy olgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yili 117 nafar edi. Rossiyalik milliarderlar o‘tgan yildan beri o‘rtacha 27 foiz yoki har biri 2 mlrd dollardan yo‘qotishdi.

6 nafar milliarderning yo‘qotishlari 10 mlrd dollardan ko‘proq bo‘ldi. Bular Leonid Mixelson (-10,9 mlrd dollar), Aleksey Mordashov (-15,9 mlrd dollar), Gennadiy Timchenko (-10,7 mlrd dollar), Vagit Alekperov (-14,4 mlrd dollar), Sulaymon Kerimov (-11,4 mlrd dollar) va Tatyana Bakalchuk (-10,9 mlrd dollar).

Quyida boyligining katta qismidan ayrilgan eng mashhur rossiyaliklar haqida so‘z yuritiladi.

Roman Abramovich
2022 yilgi sof boyligi: 6,9 mlrd dollar (7,6 mlrd yo‘qotgan)

Abramovich bugungi kunda G‘arbda Putin sababli qo‘llanilayotgan so‘nggi sanksiyalarning eng taniqli yuzi hisoblanadi. Oligarxning Gulfstream G650 samolyoti, Londondagi 140 mln dollarlik hashamatli uyi va uning sevimli «Chelsi» futbol jamoasi G‘arb hukumatlari tomonidan sanksiyaga uchragan.

Abramovich sanksiyalar tufayli «Chelsi»ni sotuvga qo‘yishga majbur bo‘ldi va xayriya jamg‘armasini tashkil etishini e’lon qildi. Britaniya hukumati agar Abramovich bir tiyin ham cho‘ntagiga solmay ketsa, klubni sotishga ruxsat berishini aytgan.

Alisher Usmonov
2022 yilgi sof boyligi: 11,5 mlrd dollar (6,9 mlrd yo‘qotgan)

Facebook’ning dastlabki investori va metall magnati Alisher Usmonov ham AQSH va Buyuk Britaniya sanksiyalariga uchradi. Usmonov boyligining asosiy qismi uning Metalloinvestdagi ulushidir. Shuningdek, u Xiaomi va boshqa telekom, tog‘-kon sanoati va media kompaniyalarida ulushlarga ega.

Usmonov 2018 yilda «Arsenal» futbol klubidagi 30 foiz ulushini qariyb 700 mln dollarga sotgan edi. Usmonov 2000 yildan 2014 yilgacha «Gazprom» davlat konglomeratining sho‘’ba korxonasi «Gazprom Investxolding»ni boshqargan.

Sobiq qilichboz Alisher Usmonov 2022 yilgacha Xalqaro qilichbozlik federatsiyasi prezidenti bo‘lgan. Sanksiyalar tufayli u federatsiya prezidentligidan ketishga majbur bo‘lgan edi. Uning rafiqasi Irina Viner badiiy gimnastika bo‘yicha ko‘plab rossiyalik Olimpiada sovrindorlarini tayyorlagan.

Vladimir Potanin
2022 yilgi sof boyligi: 17,3 mlrd dollar (9,7 mlrd yo‘qotgan)

Potanin hozirda Rossiyaning ikkinchi eng boy odamidir, ammo o‘tgan yildan beri u 10 milliard dollarga yaqin boyligini yo‘qotdi. Sanksiyalar fonida u yigirma yil davomida xizmat qilgan Guggenxaym muzeyi jamg‘armasi boshqaruvidan ketdi.

2021 yil fevralda unga tegishli bo‘lgan «Norilks Nikel» Arktikadagi yirik neft to‘kilishi uchun 2 mlrd dollar jarimaga tortilgan edi. Keyinchalik jarima 300 mlrd dollargacha pasaytirilgan.

Aleksey Mordashov
2022 yilgi sof boyligi: 13,2 mlrd dollar (15,9 mlrd yo‘qotgan)

Rossiyaning sobiq eng boy odami o‘tgan yildan beri o‘z boyligining yarmidan ko‘pini yo‘qotdi. Mordashov fevral oyida Yevropa Ittifoqi tomonidan sanksiyaga uchragan edi. Mordashov «Severstal» po‘lat kompaniyasi va dunyodagi eng yirik sayyohlik kompaniyalaridan biri bo‘lgan TUI Group’ning asosiy aksiyadori hisoblanadi.

Vagit Alekperov
2022 yilgi sof boyligi: 10,5 mlrd dollar (14,4 mlrd yo‘qotgan)

Alekperov Rossiyadagi «Sberbank» va «Rosneft» davlat kompaniyalaridan keyin eng yirik kompaniyalardan biri bo‘lgan «Lukoyl» neft gigantida ulushga ega. Bir paytlar neft platformasida oddiy ishchi bo‘lgan Alekperov o‘tgan yildan beri boyligining yarmidan ko‘pini yo‘qotdi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiyalik eng mashhur milliarderlar 2021 yildan beri qancha mablag‘ yo‘qotdi?