Foto: Global Look Press
Germaniya hukumati ukrainalik qochoqlarni mamlakatga joylashtirish va integratsiya qilish xarajatlarini qoplash uchun mintaqaviy hokimiyatlarga 2 milliard yevro yo‘naltiradi. Bu haqda Germaniya kansleri Olaf Shols ma’lum qildi, deb xabar beradi DW.
Germaniya federal politsiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatda hozirga qadar Ukrainadan kelgan 316 mingga yaqin qochoq ro‘yxatga olingan, ularning 60 mingga yaqini Berlinda yashaydi.
Shu bilan birga, Kanada hukumati Ukrainaga Xalqaro valyuta jamg‘armasi orqali 800 million dollarga yaqin mablag‘, shuningdek, harbiy yordam sifatida yana 400 million dollar taklif etmoqchi.
Kanada Ukrainaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘rinishda qariyb 950 million AQSH dollari va kredit qo‘llab-quvvatlovi sifatida 1,2 milliard dollar ajratgan. «Mazkur moliyaviy qo‘llab-quvvatlov gumanitar inqirozga chora ko‘rishga va Ukraina hukumati o‘z fuqarolariga hayot uchun zarur bo‘lgan xizmatlarni ko‘rsatishni ta’minlashga yordam berdi», — deyiladi Kanada hukumatining xabarida.
1 aprel kuni AQSH Mudofaa vazirligi Qo‘shma Shtatlar Ukrainaga harbiy yordam uchun qo‘shimcha 300 million dollar ajratilishini ma’lum qildi. Pentagon matbuot kotibi Jon Kirbining aytishicha, yordam paketidan lazerli kuzatuvga ega raketa tizimlari, Switchblade va Puma dronlari o‘rin oladi. Keyinroq AQSH prezidenti Jo Bayden Kiyev harbiy yordam sifatida, xususan, «mudofaa vositalari va xizmatlari, o‘quv va mashg‘ulotlar» uchun 100 million dollar ajratishni buyurgandi.
Pentagon ma’lumotlariga ko‘ra, Jo Bayden AQSH prezidenti lavozimiga kirishganidan buyon Ukrainaga harbiy yordam sifatida 2,3 milliard dollar ajratilgan, buning 1,6 milliard dollari — Rossiya Ukrainaga hujum boshlaganidan so‘ng sodir bo‘ldi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Isroil HAMAS va “Hizbulloh” raketalarini lazer quroli bilan urib tushirmoqchi. U qanday ishlaydi?
Qozog‘istonda yana 1 mlrd dollar noqonuniy aktivlar davlatga qaytarildi