
Foto: Josep Borrell Fontelles
YEIning tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy vakili Jozep Borrel Kiyevga tashrifi davomida Ukrainadagi nizo harbiy yo‘l bilan hal qilinishi kerakligini aytdi.
"Bu urushni jang maydonida yutish kerak", - deb yozdi u Twitter sahifasida.
Borrel, shuningdek, Ukraina qurol sotib olishi uchun qo‘shimcha 500 yevro ajratilganini eslatib o‘tdi.
U Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar kiritilishini va bu mavzu YEI tashqi ishlar vazirlarining 11 aprel kuni bo‘lib o‘tadigan uchrashuvida muhokama qilinishini bildirdi.
Jozep Borrel Ukrainaga Yevrokomissiya raisi Ursula fon der Lyayen boshchiligidagi delegatsiya tarkibida kelgandi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar