Foto: Futurism
Amerikalik Larri Konnor, kanadalik Mark Pati va isroillik Eytan Stibbe Crew Dragon kosmik kemasida kosmosga parvoz qildi.
“Yevronyus”ning xabar berishicha, sayohat uchun 55 mln dollardan pul to‘lagan turistlarga NASA sobiq astronavti Maykl Lopes-Alegriya hamrohlik qildi.
Shanba kuni ichida kosmonavtlar bo‘lgan kapsula Xalqaro kosmik stansiya bilan birlashgan. Kosmik turistlar stansiyada sakkiz kun bo‘lishadi, so‘ngra Yerga qaytishadi.
Qayd etilishicha, tarixda ilk bor turistlarni Xalqaro kosmik stansiyaga Rossiyaning “Soyuz” kemasi emas, Ilon Maskning SpaceX kompaniyasi ishlab chiqargan Crew Dragon kemasi olib chiqdi.
Kompaniya o‘tgan yil sentabrida kosmosga oddiy fuqarolardan iborat ekipajni olib chiqqandi. O‘shanda biznesmen, kollej o‘qituvchisi va AQSH qurolli kuchlari faxriysi uch kun davomida Yer yaqinidagi orbitada bo‘lib qaytgandi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda