Foto: Turkiya prezidenti matbuot xizmati
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Beshiktoshdagi talabalar uyiga tashrif buyurib, talabalar bilan iftorlik qildi. Unga matbuot kotibi Ibrohim Kalin ham hamrohlik qilgan.
Ramazon oyining mo‘’tabar an’anasi sanalgan iftor dasturxoni bahonasida Erdo‘g‘on talabalar bilan suhbatlashib, ularning fikrlariga quloq tutgan.
Turkiya rahbarining Ramazonda oddiy xalq vakillari bilan birgalikda og‘iz ochishi an’anaga aylangan deyish mumkin. O‘tgan yili ham u rafiqasi bilan Anqara shahridagi kamtarona hayot kechiruvchi xonadonlardan birida iftorlik qilgani xabar qilingan edi.
Darvoqe, o‘tgan yili prezident Erdo‘g‘on Milliyatchi harakat partiyasi (MHP) raisi Davlat Bahcheli bilan o‘zbek o‘tovida tashkil etilgan iftor dasturxonida uchrashgandi. O‘shanda muhim siyosiy uchrashuv, boz ustiga, muqaddas Ramazon oyidagi iftorlik dasturxoni aynan o‘zbek o‘tovida tashkil etilgani qardosh xalqqa ehtirom namunasi deb baholangandi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda