Foto: RIA Novosti
Rossiya prezidenti Vladimir Putin farmoyishi bilan Federal xavfsizlik xizmati (FXX) tizimida keng ko‘lamli tozalash amaliyoti o‘tkazildi, deb xabar beradi Bellingcat tekshiruvchi jurnalistlar guruhi rahbari Xristo Grozev.
Qayd etilishicha, FXXning Ukrainadagi razvedka faoliyatiga aloqador bo‘lgan 150 nafar ofitseri ishdan bo‘shatilgan.
«Ularning asosiy qismi ehtimol qamoqqa olingandir, ammo FXX tizimida ishlamayotgani aniq. Bu tozalash o‘tkazilganini tasdiqlaydi. Bir necha kundan keyin bu odamlarning taqdiri xususida aniqroq ma’lumot chop etish imkoni tug‘iladi degan umiddamiz», – deydi X.Grozev.
Ekspert FXXning 5-xizmati rahbari, general-polkovnik Sergey Beseda qamoqqa olinganini ham iddao qilgan. Ma’lum bo‘lishicha, S.Besedaning telefoni ikki haftadan buyon ishlamayapti.
Avvalroq jurnalist Andrey Soldatov FXXning 5-xizmati rahbari dastlab uy qamog‘iga, so‘ng Lefortovo tergov izolatoriga yuborilgani haqida xabar bergandi. Bundan tashqari, 5-xizmat rahbarining o‘rinbosari, tezkor ma’lumotlarga mas’ul bo‘lgan Anatoliy Bolyux ham uy qamog‘ida ekani aytilmoqda.
Qayd etilishicha, FXXning 5-xizmati (tezkor ma’lumotlar va xalqaro aloqalar) tashqi razvedka bilan shug‘ullanadi. Shuningdek, postsovet mamlakatlarda Kreml ta’sirini kuchaytirish vazifasi ham mazkur xizmatga yuklangan.
Ayrim tahlilchilar razvedka xizmati Rossiya prezidenti V.Putinga Ukrainadagi siyosiy vaziyat xususida yanglish ma’lumot taqdim etganini ta’kidlamoqda.
Eslatib o‘tamiz, joriy yil 24 fevral kuni Rossiya qo‘shini Ukrainaga hududiga bostirib kirib, keng ko‘lamli harbiy amaliyot boshladi. Urush arafasida AQSH Birlashgan shtabi boshlig‘i, general Mark Milli Rossiya Ukrainaga urush boshlasa, Kiyev 72 soat ichida mag‘lubiyatga uchrashini bashorat qilgandi.
Hozirgi vaziyat AQSH razvedkasi ham yanglishganini ko‘rsatmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi