
Prezidentlar (chapdan o‘ngga) — Gitanas Nauseda (Litva), Anjey Duda (Polsha), Egils Levits (Latviya) va Alar Karis (Estoniya) Vladimir Zelenskiy bilan birdamlik ramzi sifatida suratga tushishdi.
Foto: «Unian»
Ukrainadan qochqinlarni qabul qilgan yaqin qo‘shnilar — Polsha, Litva, Latviya va Estoniya prezidentlari Kiyevga tashrif buyurib, prezident Vladimir Zelenskiy bilan muzokaralar olib borishdi.
Ukraina bosh vaziri Denis Shmigal prezidentlarni Kiyev yaqinidagi jangovar harakatlardan jiddiy zarar ko‘rgan Borodyanka shahriga olib bordi.
«Bu yerda insoniyatning zulmat tomonini ko‘rdim. Rossiya armiyasi sodir etgan vahshiy jinoyatlar jazosiz qolmaydi. Bunday harbiy yovuzliklar XXI asr Yevropasida sodir etilayotganiga ishonish qiyin, afsuski, bu haqiqat. Bu biz g‘alaba qozonishimiz shart bo‘lgan urush», — Borodyankadan qaytgan Litva prezidenti Gitanas Nauseda «Tvitter» shu so‘zlarni yozib qoldirdi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar