date
views 1 333

AQSHda ko‘zi ojiz poygachi soatiga 340 km tezlikda harakatlanib, rekord o‘rnatdi (video)

AQSHda ko‘zi ojiz poygachi soatiga 340 km tezlikda harakatlanib, rekord o‘rnatdi (video)
Foto: Motor
Bundan 10 yil oldin avariya oqibatida ko‘rish qobiliyatini yo‘qotgan sobiq poygachi Den Parker ko‘rlar o‘rtasida yangi tezlik rekordini o‘rnatdi. U maxsus ovozli yordamchi bilan jihozlangan o‘zining Chevrolet Corvette C6 avtomobilida Spaceport America xususiy kosmodromining uchish-qo‘nish yo‘lagida soatiga 339,64 kilometr tezlikda harakatlangan. Bu oldingi rekorddan 16,94 kilometr/soatga ko‘p demak, deb xabar beradi Motor.

Den Parker 2012 yilning bahorida dreg-reysing vaqtida sodir bo‘lgan mudhish avariya oqibatida ko‘r bo‘lib qolgan. U qaytadan mo‘ljal olish va hassa bilan yurishni o‘rganish uchun Luizianadagi ko‘rlar markazida kursdan o‘tgan — bu unga poygalarga qaytish imkonini ham bergan. 2013 yilda Parker qurib qolgan Bonnevill ko‘lidagi poygalarda ishtirok etgan birinchi ko‘r poygachiga aylangan, bir yil o‘tgach esa motosikl sinflaridan birida rekord o‘rnatgan.

2022 yilning martida Parker o‘zining Chevrolet Corvette C6 avtomobili tezligini soatiga 339,64 kilometrga chiqarib, britaniyalik Mayk Nyuman rekordini 16,94 kilometr/soatga yaxshilagan.

Sportkarga Parkerning o‘zi tomonidan yaratilgan innovatsion ovoz yordamchisi o‘rnatilgan. Uning yordamida poygachi qayta aloqani va yo‘nalishni to‘g‘ri olgan.

Bularning barchasi Ko‘rlar milliy federatsiyasi tomonidan ilgari surilgan Blind Driver Challenge tashabbusiga ko‘proq e’tiborni jalb etishga qaratilgan kampaniyadir. Uning maqsadi — ko‘zi ojiz insonlarning yutuqlari haqida ma’lumot berishdan iborat. Rekord o‘rnatilgan poygaga Cruise dronlari yaratuvchisi homiylik qilgan va natija Ginnesning rekordlar kitobi rasmiy vakili tomonidan qayd etilgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQSHda ko‘zi ojiz poygachi soatiga 340 km tezlikda harakatlanib, rekord o‘rnatdi (video)