12:44 / 18.04.2022
1 233

Turkiya Iroq shimolida Kurdiston ishchi partiyasiga qarshi yangi harbiy operatsiyani boshladi

Turkiya Iroq shimolida Kurdiston ishchi partiyasiga qarshi yangi harbiy operatsiyani boshladi
Turkiya Mudofaa vazirligi Iroq shimoldagi Kurdiston ishchi partiyasiga qarshi yangi harbiy operatsiya boshlaganini e’lon qildi. Unga maxsus va harbiy-havo kuchlari jalb etilgan, deb xabar beradi Anadolu.

Birinchi bosqichda Turkiya boshpanalar, bunkerlar, tunnellar, g‘orlar va omborlarga zarba bergan. Ta’kidlanishicha, harbiylar qo‘yilgan vazifani uddalagan. Anqara ushbu operatsiya mamlakatni terrorchilik xavflaridan himoyalash istagi sabab o‘tkazilayotganini tushuntirmoqda. Mudofaa vazirligining qayd etishicha, Turkiyaning maqsadi faqatgina terrorchilar.

Kurdiston ishchi partiyasi Trukiya va boshqa qator davlatlarda terrorchilik tashkiloti deya tan olingan. Anqara unga qarshi 1984 yildan buyon kurashib keladi. Tashkilot 2015 yilda qayta tiklangan. Bu vaqt davomida Turkiya Mudofaa vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, Kurdiston ishchi partiyasining 10 mingdan ortiq a’zosi yo‘q qilingan. Shu bilan birga, operatsiya davomida mingdan ortiq turk harbiylari va politsiyachilari qurbon bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, 2021 yilning fevralida Turkiya Ichki ishlar vazirligi Kurdiston ishchi partiyasi jangarilariga qarshi antiterror operatsiyalari davomida 718 nafar gumondor hibsga olgandi. Operatsiyalarga parallel ravishda Turkiya tashqi ishlar vaziri Mevlyut Chavusho‘g‘lu ayrim mamlakatlarning terrorchilikka qarshi kurashda ikki tomonlama o‘yin qilayotgani va jangarilarning qonli jinoyatlariga ko‘z yumgan holda tarafkashlik qilayotganini qayd etgan edi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Turkiya Iroq shimolida Kurdiston ishchi partiyasiga qarshi yangi harbiy operatsiyani boshladi