So‘nggi bir necha yil ichida turk seriallari o‘zbek tomoshabinlari orasida katta shuhrat qozondi. Biroq muxlislarning hammasi ham o‘zlarining sevimli yulduzlari plastik jarrohlik amaliyotini o‘tkazganini bilmaydi. Bundan tashqari, ularning ba’zilari shunchalik mashhur bo‘lib ketdiki, ular deyarli tanib bo‘lmas darajada o‘zgardi. Grazia nashri mashhur turk aktrisalarining plastik operatsiyadan avvalgi va keyingi suratlarini taqdim etdi.
Maryam Uzerli
Foto: Grazia
«Muhtasham yuz yil» serialidagi ishtiroki bilan mashhur bo‘lgan Maryam Uzerli bir necha bor plastik jarrohlikka murojaat qildi. U dastlab yuzi, shundan so‘ng lablarining shakli va hajmini tuzatish operatsiyasi, iyagi va burni shaklini tuzatdi. Aktrisa go‘zallik ineksiyalari uchun pulni ayamadi. Biroq aktrisaning muxlislariga undagi sun’iy o‘zgarishlar ma’qul kelmadi va uni ochiq tanqid ostiga oldi. Maryam tanqidlarni to‘g‘ri qabul qilib, chindan ham botoks va gel quydirish borasida me’yordan oshganini tan oldi va ushbu amaliyotga boshqa qo‘l urmaslikka va’da berdi.
Xande Erchel
Foto: Grazia
Tomoshabinlarga «Malikam endi qara» seriali orqali tanish bo‘lgan Erchel plastik jarrohlikdan oldin keng yonoqli yuzning egasi edi. Aktrisa oval yuz shakliga erishish uchun mutaxassislarning fikriga ko‘ra, iyagi va yonoqlari shaklini tuzatgan. Bundan tashqari, aktrisa juda ko‘p vazn yo‘qotdi, buning natijasida uning tashqi ko‘rinishi juda ham o‘zgarib ketdi.
Ushbu global metamorfozalardan so‘ng yulduzning muxlislari uch guruhga bo‘lingan: birinchisiga uning oldingi ko‘rinishi ko‘proq yoqdi, shuning uchun ular uning o‘zgarishini tanqid qildi, ikkinchi guruh, aksincha, Xande ancha yaxshi ko‘rina boshlaganini ta’kidladi. Boshqalar esa uning plastik jarrohlik amaliyotini o‘tkazganiga umuman ishonmadi: ular aktrisaning o‘zgargani uning vazn yo‘qotish natijasi ekanligiga amin.
Demet O‘zdemir
Foto: Grazia
Yana bir mashhur aktrisa Demet hech qachon plastik jarrohlik amaliyotini o‘tkazmaganini aytadi. Ammo uning eski suratlari esa buning aksini ko‘rsatmoqda. Mutaxassislarning so‘zlariga ko‘ra, yulduz botoksdan tashqari qoshlarini ko‘tarish va boshqa bir qancha kichik tuzatish operatsiyalarini ham amalga oshirgan. Ammo uning tashqi qiyofasini o‘zgartirgan eng muhim operatsiya bu jag‘ suyaklarini biroz kichiklashtirishdir.
Birje Akalay
Foto: Grazia
Shuningdek, Birje Akalay ham tashqi ko‘rinishi ustida ko‘p mehnat qilgan. U yonoq suyaklarini tuzatdi, lablariga botoks ineksiyalarini qildi, qoshlarini ko‘tardi va rinoplastikaga ham qo‘l urdi. Plastik operatsiya tufayli aktrisa shunchalik o‘zgardiki, eski rasmlar bilan solishtirganda farq aniq seziladi. Biroq bundan oldin u hozirgidek go‘zal emas edi, u 2004 yilda «Turkiya go‘zali» tanlovida uchinchi o‘rinni egalladi.
Fahriye Evjen
Foto: Grazia
Fahriye Evjen ham o‘z qiyofasini deyarli butunlay o‘zgartirgan yulduzlardan biridir. Aktrisa ham bir nechta operatsiyalarni o‘tkazdi, buning natijasida yanada go‘zallashib ketdi. Aktrisa qoshlarini ko‘tardi, iyagi va burni shaklini o‘zgartirdi. Mish-mishlarga ko‘ra, Fahriye ko‘zining ham rangini o‘zgartirgan, ammo bu shunchaki rangli linzalar evaziga bo‘lishi mumkin.
Mine Tugay
Foto: Grazia
«Zolim Istanbul» serialidagi roli bilan tanish bo‘lgan mashhur yulduz ham bir necha bor jarrohlik stolida bo‘lgan. Buni uning eski suratlari tasdiqlaydi, u hozirgisiga umuman o‘xshamaydi. Mutaxassislarning fikricha, aktrisa rinoplastika va iyagi, yonoqlari va qoshlarida bir nechta tuzatish operatsiyalarini o‘tkazgan.
Aslihan Guner
Foto: Grazia
Karerasi avvalida qizil sochli go‘zal Aslihan Guner darhol muxlislari ko‘nglidan joy olgandi. Ammo tez orada aktrisa plastik jarrohlar yordamiga murojaat qilgani haqida mish-mishlar tarqaldi. Soha mutaxassislarining fikricha, Aslihan lablari shaklini tuzatgan va yonoq suyagini ko‘targan. Ammo uning o‘zi esa plastik jarrohlik haqidagi mish-mishlarni rad etadi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Britaniya muzeyi mamlakat tarixidagi eng qimmat sovg‘aga ega bo‘ladi