"G‘arb sanksiyalar yordamida Rossiya iqtisodiy tuzilmasini barbod qila olmadi. "Iqtisodiy blitskrig" strategiyasi amalga oshmadi, dedi Rossiya prezidenti Vladimir Putin iqtisodiyot masalalariga bag‘ishlangan videoanjuman shaklida bo‘lib o‘tgan majlisda.
"So‘nggi vaqtlarda iqtisodiyot uchun eng salbiy bo‘lgan omillardan biri bu G‘arb davlatlari tomonidan uyushtirilgan sanksiyalar bosimi bo‘ldi. Ular bizning mamlakatimizda moliyaviy-iqtisodiy vaziyatni tezda izidan chiqarish, bozorlarda vahima uyg‘otish, moliya tizimini izidan chiqarish va do‘konlarda tovarlar defitsiti keltirib chiqarishni istagan edi, lekin bugun biz ishonch bilan aytishimiz mumkinki - Rossiyaga nisbatan bunday siyosat muvaffaqiyatsizlikka uchradi", - dedi Putin.
Rossiya prezidenti aytishiga ko‘ra, sanksiyalar aksincha, AQSH va Yevropada iqtisodiy vaziyat yomonlashuviga, narxlar va ishsizlik oshishiga olib kelgan.
Rossiyada esa, qisqa vaqt davom etgan tebranishdan so‘ng, vaziyat barqarorlashgan, chakana savdo tarmoqlarida zahiralar qayta tiklangan.
Shuningdek davlat rahbari, hukumat bozorlarni nazorat qilishda "qo‘lda boshqarish" tizimidan voz kechib qaror qabul qilishda biznesga to‘liq erkinlik berishi - to‘g‘ri qaror bo‘lganini qayd etdi.
Shu bilan birga Rossiyada inflyatsiya biroz bezlashganini ham qayd etdi. "So‘nggi 1,5 oy davomida Rossiya iste’mol tovarlari narxi sezilarli darajada oshdi - 9,4 %, yillik hisobda esa 8 aprel holatiga inflyatsiya 17,5%ni tashkil qilgan. Ushbu vaziyatda fuqarolarimizni qo‘llab-quvvatlash kerak" , - deb qo‘shimcha qildi davlat rahbari. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Google'ning Gemini chatboti foydalanuvchiga o‘lim tiladi