Foto: ZUMA Press Wire
Ukrainaning sheriklari mamlakat so‘ragan qurollarni yetkazib berishni boshladi. Bu haqda prezident Vladimir Zelenskiy o‘z xalqiga Telegram orqali yo‘llagan murojaatida ma’lum qildi.
«Va nihoyat bizni eshitgan, bizga o‘zimiz so‘ragan narsani berayotgan sheriklarimizning barchasidan minnatdorman», — deydi Ukraina yetakchisi.
Biroq Zelenskiy aynan qanday qurollanish va qaysi davlatlar haqida gap ketayotganiga aniqlik kiritmagan.
22 aprel kuni AQSH Davlat departamenti Ukrainaga reaktiv zalp o‘t ochish tizimlarini yetkazib berayotganini ma’lum qilgandi. «Bu turdagi qurollar yetkazib berilmoqda; Ukrainaga samolyotlar berish ustida ish olib borayotgan ittifoqchilarimiz bor, bundan tashqari, harbiy samolyotlar uchun ulkan miqdorda ehtiyot qismlar bor», — degandi davlat kotibi o‘rinbosari Viktoriya Nuland.
20 aprel kuni Bloomberg agentligi Pentagonga tayanib, amerikalik harbiylar Yevropa sharqiga Ukraina uchun va’da qilingan gaubitsalarni yetkazib berishga kirishganini yozgandi. Mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, gaubitsalar AQSH harbiy-transport aviatsiyasi yordamida Polshaga yetkazilmoqda, u yerdan Ukraina hududiga olib o‘tiladi.
Defense One nashrining yozishicha, gap Vashington tomonidan 800 million dollarlik yangi harbiy yordam doirasida AQSH Dengiz piyodalari korpusi va armiyasi arsenallaridan olingan 18 ta 155-millimetrli gaubitsa va 40 mingta snaryadni yetkazish haqida ketmoqda.
Aprel boshlarida prezident Vladimir Zelenskiy AQSHdan «yurtini himoya qilish uchun biror narsa berishni» so‘ragan edi. Uning so‘zlariga ko‘ra, ukrainalik harbiylar zirhli nimchalar va shlemlar o‘rniga samolyot hamda raketalar olishni xohlaydi.
Keyinroq AQSH Senati Ukrainaga lend-liz dasturi bilan qurol yetkazib berish haqidagi qonun loyihasini ma’qullagandi. Qonun Jo Baydenga Ukrainaga qurol va boshqa yordamlar yetkazib berishni tezlashtirish imkonini beradi. Pentagon hisob-kitoblariga ko‘ra, Jo Bayden prezidentlikka kelganidan beri Qo‘shma Shtatlar Ukrainaga 2,3 milliard dollar harbiy yordam ko‘rsatgan, shundan 1,6 milliard dollari urush boshlanganidan keyin berilgan. Rossiya va Ukraina urushi “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar