Rossiya prezidenti Vladimir Putin rossiyalik mashhur jurnalistlardan biriga qarshi suiqasd tayyorlanganini aytdi. FSBning aniqlik kiritishicha, gap Vladimir Solovev haqida ketmoqda.
«Bugun tongda FSB tomonidan rossiyalik mashhur jurnalistlardan biriga qarshi suiqasd uyushtirishga uringan terrorchilar guruhi qo‘lga olindi», dedi Putin Rossiya bosh prokuraturasida chiqish qilar ekan.
Keyinchalik Rossiya Federal xavfsizlik xizmati (FSB) gap Vladimir Solovyov haqida ketayotganini ma’lum qildi.
«Rossiya tergov qo‘mitasi tomonidan mamlakat hududida faoliyati cheklangan «National Socialism/White Power» guruhi a’zosi bo‘lmish Rossiya fuqarolari qo‘lga olingan. Ular Ukraina Xavfsizlik xizmati topshirig‘i bilan mashhur jurnalist Vladimir Solovyovni o‘ldirishni maqsad qilgan», deya FSB vakilining so‘zlarini keltirgan «Interfaks».
Uning so‘zlariga ko‘ra, guruh Solovyovni o‘ldirgach, chet elga qochishni maqsad qilgan. Xabarda yozilishicha, qo‘lga olinganlarning uyidan 8 ta «Molotov kokteyli», qo‘lbola portlovchi qurilmalar, 6 ta Makarov to‘pponchasi, qirqma miltiqlar, 5 ta granata va mingdan oshiq patronlar topilgan.
58 yoshli Solovyov Rossiya hukumati pozitsiyasini targ‘ib qiluvchi asosiy propagandachi jurnalist hisolanadi. U Rossiya federal kanallarida ko‘rsatuvlar tayyorlaydi, Vladimir Putin bilan bir necha marta intervyu uyushtirgan. Rossiya Ukrainaga bostirib kirgach, ko‘plab siyosatchilar qatorida Solovyov G‘arbning personal sanksiyalariga uchrab, uning YouTube'dagi kanali yopilgandi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Ishchi-xodimlar manfaatlari himoya qilindi