15:23 / 26.04.2022
1 588

Mariupol yaqinida 200 metr uzunlikdagi ommaviy qabr topildi

Mariupol yaqinida 200 metr uzunlikdagi ommaviy qabr topildi
Ukrainaning Mariupol shahri yaqinida urushda halok bo‘lgan tinch aholining yana bir ommaviy qabri topildi.

Ushbu hududda qazilgan birinchi xandaklar 24 mart sanasida sun’iy yo‘ldoshdan olingan fotosuratlarda ko‘rinadi (hudud 10 martdan beri rus qo‘shinlari nazorati ostida), ularning uzunligi 60-70 metrni tashkil qilgan. Sun’iy yo‘ldoshdan olingan suratlarda, bir oydan keyin, ya’ni 24 aprel kuni xandaqlarning uzunligi 200 metrga etadi, ularning ba’zilari ko‘milgan.

Mariupol meri Vadim Boychenkoning aytishicha, hukumat ushbu ommaviy qabrdan xabardor. Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya harbiylari oziq-ovqat evaziga jasadlarni ko‘mish uchun mahalliy aholini jalb qilmoqda. «Hozir Mariupolda gumanitar yordam yetarli emas, shuning uchun odamlar buni qilishga majbur», — deydi Boychenko.

Avvalroq jurnalistlar sun’iy yo‘ldoshdan olingan suratlarda yana ikkita ommaviy qabr izlarini topishgandi. Ularning kattaligiga ko‘ra, u yerda minglab odamlarni dafn etilgan bo‘lishi mumkin.

Mariupol rasmiylariga ko‘ra, urush boshlanganidan beri shaharda 20 mingdan ortiq odam halok bo‘lgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Mariupol yaqinida 200 metr uzunlikdagi ommaviy qabr topildi