19:00 / 19.04.2017
8 066

Sport kayfiyatni ko‘taradimi?

Sport kayfiyatni ko‘taradimi?
Sport nafaqat qomatni yaxshilaydi, balki hayotdan lazzatlanish darajasini oshirish bilan bizning ruhiy sog‘lig‘imizni ham mustahkamlaydi. Lekin uning bunday ijobiy ta’sirining aniq sababi nimada?

Mashqlar baxt gormonlari oshishiga sabab bo‘ladi

Odamlar — juda qarama-qarshi mavjudotlar hisoblanadi. O‘zimizni yaxshi his qilishimiz uchun bizga avval stress kerak bo‘ladi. Mashq qilishni boshlaganingizdan so‘ng, organizm og‘irliklardan stress holatiga tushadi va miyaning neyrotrofik omili deb ataluvchi oqsil ajratib chiqaradi. Bu zarar uchun kompensasiya sifatida miyani ko‘proq endorfin (quvonch gormonlari) ishlab chiqarishga majbur qiladi.

Jismoniy harakatdan so‘ng qattiqroq uxlaysiz

Kam uxlash ko‘plab, semizlikdan tortib saratongacha bo‘lgan kasalliklar xavfini tug‘diradi. Uyqu sifatini yaxshilash uchun kunduzgi vaqtlarda to‘liq harakatda bo‘lish talab qilinadi.

Jismoniy tarbiya energiya bilan ta’minlaydi

Qancha ko‘p energiya sarflasang, shuncha ko‘piga ega bo‘lasan. Jismoniy harakat organizm hujayralarining energiya darajasini oshiruvchi kislorod va ozuqaviy elementlar bilan boyitadi.

Sport zaliga qatnash o‘ziga ishonchni mustahkamlaydi

O‘z qomatingizdan norozimisiz? Sport zalida siz ham jismoniy va ham ruhiy jihatdan o‘zgarasiz. Jismoniy mashqlar natijasida endorfinlarning chiqishi fikrlaringizga ham ta’sir qiladi: o‘z tanangizga bo‘lgan munosabatingiz yaxshi tomonga o‘zgaradi.

Manba: Daryo

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Sport kayfiyatni ko‘taradimi?