18:36 / 08.01.2021
908

Qahva, uzum sharbati va kasalliklarga qarshi kurashishda yordam beruvchi uch mahsulot

Qahva, uzum sharbati va kasalliklarga qarshi kurashishda yordam beruvchi uch mahsulot
Foto: «Domashniy ochag»
Migren, o‘t pufagida toshlar va sochlarning to‘kilishida ayrim oziq-ovqat mahsulotlari yordam berishi mumkin. Uzum sharbati, qizil ikra, qahva va yangi mevalarni iste’mol qilish mutaxassislari aytganidek sog‘lom ovqatlanishdir. Ammo hamma ham ushbu mahsulotlar ma’lum kasalliklarning oldini olish uchun ishlatilishini bilmaydi.

Migren

Foto: «Domashniy ochag»
Kuniga bir stakan uzum sharbati ichish migren kelib chiqishining oldini olishga yordam beradi. Gap shundaki, ushbu ichimlik A va C vitaminlariga boy bo‘lib, ular miyadagi kimyoviy moddalar muvozanatini tiklashga yordam beradi. Shuningdek, qonda temir miqdorini pasaytiradigan B2 vitamini va shu migrenning keng tarqalgan sabablaridan birini yo‘q qiladi.

Teri va soch qurishi

Foto: «Domashniy ochag»
Agar muntazam ravishda yog‘li baliqlar iste’mol qilinsa, masalan, qizil ikra, nafaqat qon tomirlari va yurak salomatligini qo‘llab-quvvatlash, balki teri va soch qurishini ham bartaraf etishi mumkin. Tarkibidagi juda ko‘p D vitamin va omega-3 yog‘ kislotalari sochning qurishi va to‘kilishiga qarshi kurashda yordam beradi. Shuningdek, tanadagi sog‘lom yog‘larning tabiiy muvozanatini ham ushlab turadi.

Modda almashinuvi jarayonining sekinlashuvi

Ushbu jarayonni kuchaytirishning eng yaxshi usuli – bu nonushta qilishdir. Kunning birinchi qismi ovqatlanish uchun eng yaxshi vaqt, ayniqsa, uyg‘ongandan keyingi birinchi yarim soat. Tanani to‘liq uyg‘otish uchun taxminan bir soat vaqt ketadi. Agar shu vaqtda nonushta qilinsa, ovqat sekinroq hazm bo‘ladi, tana o‘zini to‘q his etadi va modda almashinuvi jarayoni tezlashadi.

Tishlarning sarg‘ayishi

Foto: «Domashniy ochag»
Tishlar rangidan qoniqmaslik – ratsionga yangi meva va sabzavotlar qo‘shish demakdir. Masalan, qulupnay qahva va choydan keyin qoluvchi sariq dog‘larni ketkazishga yordam beradi. Olma esa so‘lak ishlab chiqarishni rag‘batlantiradi va bu orqali og‘iz bo‘shlig‘i muntazam ravishda tozalanib turiladi. Sitrus mevalardan limon, apelsin, greypfruit – og‘izda ko‘payadigan bakteriyalarni zararsizlantirishga va tishlarni kasallikdan himoya qilishga yordam beradi. Ammo har qanday meva iste’molidan so‘ng og‘izni yaxshilab chayishni unutmaslik kerak.

O‘t pufagida toshlar paydo bo‘lishi

Foto: «Domashniy ochag»
Qora qahva o‘t pufagining sog‘lig‘i uchun foydalidir. Ushbu ichimlik siydik pufagining faol qisqarishini rag‘batlantiradi va shu bilan birga mayda kristallarni katta va xavfli toshlarga yopishishidan saqlaydi. Shunday qilib qora qahvani me’yorida ichish ham o‘t pufagi uchun samarali hisoblanadi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)