date

To‘qimachilarga 200 mln dollar moliya ajratiladi

To‘qimachilarga 200 mln dollar moliya ajratiladi

O‘zbekiston to‘qimachilik korxonalari “Ishonchli eksportchi” dasturi doirasida 200 million dollar (taxminan 2,5 trln so‘m) mablag‘ oldi, deb Kursiv xabar berdi.

Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev biznes vakillari bilan ochiq muloqot chog‘ida ma’lum qildi. Dastur oziq-ovqat sanoati, elektr texnikasi, qurilish materiallari va dori-darmon eksportchilari uchun ham amal qiladi.

Umumiy hisobda ushbu tarmoqlar uchun 500 million dollar (taxminan 6,25 trln so‘m) miqdorida predeksport moliyalashtirish yo‘naltiriladi.

Har bir sohaning eng sifatli va raqobatbardosh 10 ta mahsulotiga "O‘zbekiston ramzi" belgisi beriladi. Ularni jahon bozorida ilgari surish uchun keng qamrovli reklama kampaniyasi o‘tkaziladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » To‘qimachilarga 200 mln dollar moliya ajratiladi