Zcash narxi 88 foizga o‘sishi mumkin

Maxfiylikka yo‘naltirilgan Zcash (ZEC) kriptovalyutasi texnik tahlil nuqtai nazaridan kuchli o‘sish signallarini bermoqda. Mutaxassislar ZEC/USD juftligida shakllangan "chashka va dasta" (cup-and-handle) grafigi yaqin haftalarda narxning 1000 dollardan oshishiga olib kelishi mumkinligini ta’kidlamoqda. Bu haqda Cointelegraph.com xabar beradi.
Hozirgi vaqtda ZEC narxi 625–650 dollar atrofidagi qarshilik darajasini yorib o‘tishga harakat qilmoqda. Agar ushbu texnik shakl o‘zini oqlasa, iyun yoki iyul oylariga kelib kriptovalyuta qiymati 1091 dollargacha, ya’ni joriy narxdan 88 foizga qimmatlashishi kutilmoqda.
So‘nggi uch kun ichida ZEC 18 foizga o‘sdi, holbuki umumiy kripto bozori 3,45 foizga pasaygan. Bu holat investorlar orasida Zcash o‘zining mustaqil "buqa bozori"ni boshdan kechirayotgani haqidagi fikrlarni keltirib chiqardi.
Umuman olganda, maxfiylikni ta’minlovchi tokenlar sektori so‘nggi bir oyda sezilarli darajada faollashdi. ZEC 73 foizdan ortiq o‘sish bilan yetakchilik qilayotgan bo‘lsa, Monero (XMR) va Dash (DASH) kabi kriptovalyutalar ham unga ergashmoqda. Taqqoslash uchun, umumiy kripto bozori kapitallashuvi shu davr mobaynida atigi 0,2 foizga o‘sgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!