Bitcoin narxi 72 000 dollargacha tushdi: Bullar qanday yoʻl tutadi

Bitcoin (BTC) nihoyat oʻzining kanal modelidan chiqib, 77 000 dollarlik qarshilik darajasidan yuqori nuqtada mustahkamlangach, treyderlar pasayish tendensiyasi yakunlanganini eʼlon qilishgan edi. Biroq, hozirgi vaqtga kelib BTC bir nechta qoʻllab-quvvatlash darajalaridan pastga tushdi va oʻzining eng yuqori koʻrsatkichlaridan 16 foizga arzonlashib, 70 000 dollarlik nuqtani qayta sinovdan oʻtkazish xavfi ostida turibdi. Bu haqda Cointelegraph.com xabar beradi.
Milliard dollarlik spot BTC ETF mablagʻlarining chiqib ketishi, AQSH va Eron oʻrtasidagi harbiy harakatlarning qayta tiklanishi, inflyatsiya oʻsishi borasidagi xavotirlar va CLARITY Act qonunining Senatda qabul qilinmasligi ehtimoli Bitcoin kuchsizlanishiga sabab boʻlmoqda. Endilikda asosiy masala — spot va fyuchers bozoridagi talab narx tushishini toʻxtata olishi bilan bogʻliq boʻlib qolmoqda.
2026-yil fevral oyida 75 000 dollardan pastga tushganidan beri, ushbu daraja muhim qoʻllab-quvvatlash va qarshilik vazifasini oʻtab kelmoqda. Tahlilchilar 60 000 dollarni joriy siklning eng quyi nuqtasi deb hisoblashsa-da, uzoq muddatli leveraj pozitsiyalari asosan 70 000 va 75 000 dollar oraligʻida shakllangan edi va joriy haftada ushbu pozitsiyalarning aksariyati tugatildi (likvidatsiya).
Bitcoin narxi payshanba kuni 73 000 dollardan pastga tushganda, Hyblock maʼlumotlariga koʻra, BTC/USDT bid-ask nisbati koʻrsatkichi 12-apreldan beri ilk bor noldan yuqori nuqtaga koʻtarildi. Bu buyurtmalar kitobida xaridorlar ustunlik qila boshlaganini va treyderlar spot bozorlarda aktivni sotib olayotganini anglatuvchi dastlabki signaldir.
Shu bilan birga, fyuchers hisoblarida long (oʻsishga tikilgan) pozitsiyalarni ushlab turgan chakana investorlar ulushi 64 foizdan oshdi. Maʼlumotlar shuni koʻrsatadiki, salbiy yangiliklar oqimi va geosiyosiy beqarorlikka qaramay, chakana investorlar joriy narxlarni arzon deb hisoblamoqda va sotib olishda davom etmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!