Noyabrning ikkinchi yarmida sarxil meva-sabzavotlar yuklangan birinchi “Agroekspress” poyezdi Toshkentdan Moskvaga yo‘l oldi. Bu haqda O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari, investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzoqov rossiyalik jurnalistlarga bergan intervyusida ma’lum qildi.
“Dastlabki reys noyabrning ikkinchi yarmiga rejalashtirilgan, hammamiz o‘ziga xos voqea guvohiga aylanamiz deb o‘ylayman”, – dedi u.
Umurzoqovning ma’lum qilishicha, “Agroekspress” loyihasining barcha tafsilotlari Rossiya iqtisodiy rivojlanish vaziri Maksim Reshetnikovning O‘zbekistonga tashrifi chog‘ida muhokama qilingan.
“Uchrashuv va muhokamalar doirasida “Agroekspress” loyihasini amalga oshirishning barcha tashkiliy, texnik va boshqa tomonlari bo‘yicha kelishib oldik”, – dedi u.
Umurzoqov ushbu loyihaga Rossiya va O‘zbekiston bilan birga poyezd marshruti o‘tadigan Qozog‘iston ham qo‘shilganini ma’lum qildi.
“Bu birgina ekspress emas, gap biz yo‘lga qo‘yishni rejalashtirgan tizim haqida bormoqda”, – dedi bosh vazir o‘rinbosari.
U Oliy Yevrosiyo iqtisodiy kengashi va MDH davlatlari rahbarlari kengashi yig‘ilishlarida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Agroekpress” loyihasiga boshqa mamlakatlarni ham qo‘shish taklifini ilgari surganini eslatib o‘tdi.
Umurzoqovning qo‘shimcha qilishicha, “Agroekspress” O‘zbekistondan Qozog‘istonga va Qozog‘istondan Rossiyaga hamda aks yo‘nalishda yuk tashiydi.
“Agroekspress” loyihasi Moskva-Toshkent yo‘nalishida qishloq xo‘jalik mahsulotlarini refrijeratorli tarkibda yetkazib berishga qaratilgan. U logistikani soddalashtirish, meva-sabzavotlarni O‘zbekistondan Rossiyaga hamda go‘sht va un mahsulotlarini Rossiyadan O‘zbekistonga yetkazish vaqtini qisqartirish imkonini beradi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi