Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan Toshkent viloyatida o‘tkazilgan tezkor tadbirda hokim yordamchisi pora bilan qo‘lga olindi, deb xabar beradi O‘zA.
Ma’lum qilinishicha, Toshkent tumanida yashovchi 40 yoshli shaxs mazkur tumandagi mahalla fuqarolar yig‘inlaridan birida hokim yordamchisi lavozimda ishlovchi sinfdoshi bilan kelishgan holda o‘zganing ishonchiga kirib, Toshkent shahar Olmazor tumanida joylashgan 4 sotix yer maydonini mansabdor tanishlari orqali uning nomiga rasmiylashtirib berishni va’da qilgan. Ular o‘z «xizmati evaziga» 30 ming dollar talab qilishgan.
DXX va Bosh prokuratura huzuridagi departament xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda 40 yoshli shaxs so‘ralgan pulni olgan vaqtida ushlangan. Shuningdek, uning ko‘rsatmasi asosida hokim yordamchisi ham qo‘lga olingan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Qatarga qarshi qilish kerak bo‘lgan ishni qilmadik!