882
«OAV erkinligi va saviyali jurnalistika demokratiyaning ajralmas qismi...» — Saida Mirziyoyeva
Foto: Telegram / Saida Mirziyoyeva
Milliy mass-mediani qo‘llab quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi o‘rinbosari Saida Mirziyoyeva xalqaro tashkilotlar rahbarlari, huquq himoyachilari, Yevropa va Osiyo davlatlari elchilari ishtirokida Jenevada bo‘lib o‘tgan tadbirda nutq so‘zlab, tashkilotchilarga O‘zbekistondagi so‘z erkinligining rivojlanish bosqichlari haqida ma’lumot berdi.
Mirziyoyeva o‘z chiqishi avvalida Mass-media fondining maqsad va vazifalari haqida to‘xtalib, OAV erkinligi va saviyali jurnalistika demokratiyaning ajralmas qismi ekanini ta’kidlagan.
Janobi oliylari hamda janobi oliyalari,
Xonimlar va janoblar.
Hamkasblarim (safdoshlarim) va men sizlarni bu yerda, O‘zbekistonni xalqaro hamjamiyatga yanada yaqin qilishdek ajoyib voqea munosabati bilan ko‘rib turganimizdan bag‘oyat mamnunmiz. Bizning fondimiz 2019 yili mediabozordagi ommaviy axborot vositalariga teng imkoniyat yaratish, shuningdek jurnalist va blogerlar huquqlarini himoya qilish maqsadida ta’sis etildi. Biz ommaviy axborot vositalari erkinligi va saviyali jurnalistika demokratiyaning ajralmas qismi degan fikrga qat’iy tayanamiz.
So‘z erkinligini, davlat organlari shaffofligi va jamiyat oldida hisobdorligini ta’minlamay turib, haqiqiy islohotlarni amalga oshirib bo‘lmaydi. Fuqarolik jamiyati instituti bo‘lmish fondimiz olijanob faoliyati bilan prezident Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning Inson qadri va sha’ni ustuvorligiga asoslangan Yangi O‘zbekistonni barpo etishda ko‘makchi bo‘lmoqda. Ushbu strategiya Birlashgan Millatlar Tashkilotining uch rukni – xavfsizlik, taraqqiyot va inson huquqlarini mustahkamlashga to‘liq mos keladi.
Biz mazkur yo‘nalishlarda ochiq va keng xalqaro hamkorlikni rivojlantirish tarafdori ekanligimizni bildiramiz. 2022 yil martda Cotton Campaign tomonidan o‘zbek paxtasiga boykotning bekor qilingani buning ijobiy natijalaridan biridir. Bu yurtimizda bolalar va majburiy mehnatning butkul yo‘q qilingani holatining ham tan olinishidir. Shu munosabat bilan Xalqaro mehnat tashkiloti va boshqa xalqaro hamkorlarimizga mamlakatimiz bilan konstruktiv muloqot uchun minnatdorchilik bildirmoqchiman.
Muhtaram do‘stlar.
Bugun delegatsiyamiz BMTning Inson huquqlari bo‘yicha oliy komissari Mishel Bachelet va BMTning Jenevadagi bo‘linmasi bosh direktori Tatyana Valovaya bilan samarali uchrashuvlar o‘tkazdi. Biz barqaror rivojlanish maqsadlari doirasida ayollar huquqlari va so‘z erkinligi masalalarini batafsil muhokama qildik. Aytish joizki, men xotin-qizlar ta’lim olish uchun teng imkoniyatga ega bo‘lishi va ayollarga oid salbiy stereotiplarga qarshi kurashni shaxsan zimmamdagi masala, deb bilaman.
Ko‘pchilikka ma’lum, parlamentlarning ayol- spikerlari jahon sammiti tarixda ilk bor 2022 yil kuzida qadimiy va hamisha go‘zal Samarqandda bo‘lib o‘tadi. Fursatdan foydalanib, ushbu muhim tadbirda qatnashishga va unga hissa qo‘shishga barchangizni chorlayman.
Hurmatli mehmonlar, Sizni ortiqcha toliqtirmaslik uchun nutqimga yakun yasayman.
Keling, muloqotimizni erkinroq muhitda davom ettirsak.
Men yuz foiz muvaffaqiyatli bitta diplomatiya turini bilaman – bu gastro-diplomatiyadir! “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Ilon Mask Eron elchisi bilan yashirincha uchrashdi