05:00 / 29.04.2022
977

Gulistonda haydovchisi uxlab qolgan Damas piyodalar o‘tish ko‘prigiga urildi

Gulistonda haydovchisi uxlab qolgan Damas piyodalar o‘tish ko‘prigiga urildi
Foto: Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati
Sirdaryo viloyatining Guliston shahrida Damas haydovchisi uxlab qolishi oqibatida piyodalar o‘tish ko‘prigiga urilib, tan jarohati oldi.

Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xabariga ko‘ra, voqea 28 aprel kuni soat 06:00 larda Sirdaryo viloyati, Guliston shahri, O‘zbekiston shohko‘chasida yuz bergan. Uxlab qolgan haydovchi (1993 yilda tug‘ilgan) rul boshqaruvini yo‘qotgan va piyodalar o‘tish ko‘prigi ustuniga urilgan.

Oqibatda tan jarohati bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Qayd etilishicha, mazkur YTH yuzasidan Guliston shahar IIB JXX YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Gulistonda haydovchisi uxlab qolgan Damas piyodalar o‘tish ko‘prigiga urildi